Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida iştirok etiş uçun Turkiyaga taşrifi doirasida ötkazilgan uçraşuvda «Nol çiqindi» global alyansi taşkil etilgani eʼlon qilindi.

Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlarining rafiqalarini tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamaytiriş tamoyillarini ilgari suriş yölidagi saʼy-harakatlarini birlaştirişga qaratilgan.

Uçraşuvda sözga çiqqan Ziroat Mirziyoyeva taklif va samimiy mehmondöstlik uçun Turkiya Birinçi xonimi Emine Erdöğanga minnatdorlik bildirdi. Şuningdek, uning «Nol çiqindi» taşabbusini xalqaro miqyosda ilgari surişga qöşayotgan şaxsiy hissasini alohida eʼtirof etdi.

Özbekiston Birinçi xonimi alyans taşkil etilişini qöllab-quvvatlab, uning doirasida ekologik taʼlimni rivojlantiriş, yoşlar tomonidan ilgari surilgan ekologik loyihalarni qöllab-quvvatlaş va amalga oşirişga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surdi.