Bu haqda Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi «Yangi Toşkent şahri va hududlarda yuqori multiplikativ samaraga ega yirik şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF–243-son farmonida belgilangan.

Hujjatga muvofiq, tegişli maʼmuriy-hududiy birlik taşkil etilguniga qadar maxsus huquqiy rejim doirasida Yangi Toşkent şahri hokimligi taşkil etiladi. Uning hokimi tegişli maʼmuriy-hududiy birlik taşkil etilguniga qadar öz faoliyatini amalga oşiradi.

Hokimlik boşqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi farmonning 4-ilovasi bilan tasdiqlangan. Unga köra, hokimlik tizimida hokim, uning yordamçisi, birinçi örinbosari va örinbosarlari, şuningdek, axborot siyosati hamda taşkiliy-nazorat yönalişlari böyiça masʼullar faoliyat yuritadi.

Şuningdek, Yangi Toşkent şahrida davlat organlari va taşkilotlarining bölinmalari taşkil etiladi. Ularning ştat birliklari farmonning 5-ilovasiga muvofiq belgilangan. Mazkur bölinmalar boşqaruv xodimlarining umumiy ştat birliklari soni 30 tani taşkil etadi.

Hokimlik va uning hududdagi davlat organlari hamda taşkilotlari faoliyati mahalliy byudjetdan moliyalaştiriladigan taşkilotlar bundan mustasno, Özbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalaştiriladi.

Farmonda Yangi Toşkent şahrida huquqni muhofaza qiluvçi organlarning maxsus tuzilmalarini taşkil etiş ham nazarda tutilgan.

Hujjatga köra, Yangi Toşkent şahri hokimligi va tegişli davlat organlari hududdagi davlat organlari hamda taşkilotlarining vakolatlari doirasidagi masalalar böyiça qarorlar qabul qiladi. Ular öz vakolatiga kiritilmagan vazifalarni ham mustaqil amalga oşiriş huquqiga ega böladi.

Vazirlar Mahkamasiga Yangi Toşkent şahri hokimligini taşkil etiş bilan boğliq zarur taşkiliy-texnik çora-tadbirlar kompleksini işlab çiqiş va belgilangan muddatlarda amalga oşiriş topşirilgan. Şuningdek, uç oy muddatda ilğor xorijiy tajribani örganiş asosida Yangi Toşkent şahrining maʼmuriy-hududiy birlik sifatidagi maqomini belgilaş böyiça taklif kiritilişi kerak.