Viloyat IIB maʼlumotiga koʻra, 22-avgust kuni soat 16:40 larda 2002-yilda tugʻilgan R.J. “Lasetti” avtomobilida Fargʻona shahrining Quvasoy koʻchasi boʻylab harakatlanib ketayotganida boshqaruvni yoʻqotgan.
Natijada avtomobil yoʻl chetidagi koʻcha chirogʻi ustuni va daraxtga borib urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchiga voqea joyining oʻzida tez tibbiy yordam shifokorlari tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Uning ahvoli qoniqarli deb baholanib, uyiga joʻnatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.