Ko'plab kasalliklar noto'g'ri ovqatlanish tufayli yuzaga kelishini yaxshi bilamiz. Masalan, jigar, o't qopi, oshqozon-ichak, qon-tomir, endokrin tizimi xastaliklari ko'pincha nosog'lom taomlanish asoratlari sifatida izohlanadi. Ammo xuddi shu omil miya xastaliklari, xususan, aqliy zaiflikni ham keltirib chiqarishi mumkin ekan. Avstraliyalik olimlar o'z tadqiqotlari yakunida shunday xulosaga kelishdi. Jumladan, dementsiya kasalligida miya to'qimalarining nobud bo'lishi kuzatiladi. Bu atsetilxolin moddasi etishmovchiligi tufayli yuz beradi. Oqibatda bunday bemorlarning 60 foizida Altsgeymer qayd etilib, xastalik vaqt o'tishi bilan kuchayib boraveradi. Avstraliyalik mutaxassislar zararli oziq-ovqatlardan butunlay voz kechish ana shunday holatlar xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, degan fikrda. Chunki ba'zi taomlar tarkibidagi to'yingan yog'lar va transyog'lar dementsiya rivojlanishini tezlashtiradi. Yog'li sut mahsulotlari, jumladan, sariyog', shuningdek, shokolad, go'sht, pal`ma va kokos moylari shular sirasidan. Transyog'lar, ayniqsa, hozirgi kun iborasi bilan aytganda, fastfudlar, qizarib pishgan ovqatlar va gazaklar, do'konda xarid qilingan pishiriqlar, xususan, tort va pechen`e tarkibida ko'p uchraydi. Tadqiqotga ko'ra, yuqoridagi oziq-ovqatlarni iste'mol qiladigan odamlarda aqliy zaiflik va miya xasaliklariga chalinish xavfi ancha yuqori. Parhezga amal qiluvchi, ya'ni to'yinmagan yog'lar iste'molidan tiyiladigan kishilarda esa kognitiv buzilishlarning rivojlanish xavfi kamroq. Bu faktlar ko'cha-ko'yda lavash, gamburger, xot-dog kabi tezpishar taomlarni ko'rsa, og'zining tanobi qochadigan, shirinliklarga mukkkasidan ketgan yoshlarimiz, ishdan keliboq yog'likkina, sergo'sht ovqatlarni paqqos tushiradigan yurtdoshlarimiz uchun bir saboq bo'lsa ajab emas,deb ogohlantiradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
“Fastfud”lar miya xastaliklariga sabab bo'lishi mumkin(mi?)
Tadqiqotga ko'ra, yuqoridagi oziq-ovqatlarni iste'mol qiladigan odamlarda aqliy zaiflik va miya xasaliklariga chalinish xavfi ancha yuqori. Parhezga amal qiluvchi, ya'ni to'yinmagan yog'lar iste'molidan tiyiladigan kishilarda esa kognitiv buzilishlarning rivojlanish xavfi kamroq.
Farğona vodiysida elektr taʼminotida uzilişlar kuzatilişi mumkin: avariya sababi maʼlum qilindi
- Toşkentda koloniyada jazo ötayotgan mahkum onlayn narkodökonni boşqargani aniqlandi
- Lolita, Ani Lorak va Rayhon konsertlari reklamasida qoidabuzarlik aniqlandi
- Nogironligi bölgan şaxslarning huquq va muomala layoqatiga oid masalalar muhokama qilindi
- DeepSeek resurslar yetişmasligi sababli çatdan foydalanişni çekladi
- “Dolya”, “Skar”, “Tuz”, “Dodi”: Toşkentda uyuşgan jinoiy guruh aʼzolari qölga olindi
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- 5 million tonna paxta haqidagi hisobotga ijtimoiy tarmoqlarda şubha bildirildi: vazirlik izoh berdi
- Ayrim taʼlim muassasalari xodimlariga mehnat staji uçun ustamalar belgilandi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Ucell 5G tarmog‘i — O‘zbekistonning barcha viloyat markazlarida
- Toşkentdagi Qorasuv kanalida Nil timsohi uşlandi