Nizomga muvofiq, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. 

Bunda qoplanadigan mablag‘ bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmasligi lozim.

2026-yil 14-oktabr holatiga koʻra, ushbu hujjat asosida 20 ming 846 ta ariza qabul qilingan. 6311 nafar talabaning kontrakti uchun 27 milliard 200 million so‘m to‘lab berildi, yana 4848 nafar talabaning to‘lovi uchun 19 milliard 200 million so‘m ajratish jarayoni davom etmoqda. Qolgan 9687 ta ariza ko‘rib chiqilyapti. 

Eslatib oʻtamiz, amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha xabarnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizachining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

SSV Matbuot xizmati.