Ushbu Nizom “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari tomonidan fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hududiy bo‘limlar tomonidan qonunchilikda belgilangan quyidagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli xizmatlar bepul amalga oshiriladi:
- paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatlari;
- yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga ularning ixtiyoriga ko‘ra dastlabki 6 oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish xizmatlari;
- boshlig‘i yoshlar bo‘lgan yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga 2 yil davomida ko‘rsatiladigan xizmatlar.
Hududiy bo‘limlar tomonidan fermer xo‘jaliklariga quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
- fermer xo‘jaligini buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatini ko‘rsatish tizimiga qabul qilish;
- buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish;
- fermer xo‘jaligi xodimlari uchun ish haqi, soliqlar va boshqa to‘lovlarni hisoblash;
- fermer xo‘jaligining soliqlari va yig‘imlari hisobini yuritish;
- soliq va moliyaviy hamda statistika hisobotlarini tuzish;
- inventarizatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish.