Kuni kecha, soat 12:27 da Toshkent viloyati FVBBga, Bo‘stonliq tumani "Novobod" MFY hududidagi dala hovlilardan birida oilaviy dam olishda bo‘lgan fuqarolardan bir nafari quduqqa tushib ketganligi va unga amaliy yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari tezkorlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, quduqqa tushib ketgan fuqaroni olib chiqishgan hamda tibbiyot xodimlariga topshirishgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.