Unga ko‘ra, bemorlar gemodializ muolajasiga o‘zlari uchun qulay transport (taksi, shaxsiy avtomobil yoki boshqa transport) vositasida borib-kelishi hamda sarflangan yo‘l xarajatlarini belgilangan tartibda qoplab berish imkoniyati yaratiladi.
Ushbu mexanizm bemorlarga vaqt va mablag‘ini tejash, transport vositasini mustaqil tanlash imkonini beradi.
Bu tashabbusni amalga oshirishdan oldin bemorlarning fikr va mulohazalarini o‘rganish biz uchun muhim. Shu maqsadda so‘rovnoma tashkil etildi.
U joriy yilning 15 avgustiga qadar davom etadi.
Quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etib, fikr va takliflarni bildirish mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf_9yKyzKdL0nT9VAOxaO6zLJY4-lCL-aFQMWlqKiPFXGRSOA/viewform