Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, diametri 219 mm bo‘lgan yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz issiqlik tarmog‘i kamerasida to‘planib, avariya holatini yuzaga keltirgan. Tekshiruv davomida gaz quvurining taxminan 375 kv. sm (15×25 sm) maydonida bir nechta joydan gaz sizib chiqayotgani aniqlangan.

Ayni paytda soha mutaxassislari hodisa sabablari va barcha tafsilotlarni batafsil o‘rganishda davom etmoqda. Tekshiruv yakunlangach, yo‘l qoplamasini tiklash ishlari davom ettiriladi va yaqin vaqt ichida yo‘l transport harakati uchun ochiladi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra, aybdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Vaziyat Toshkent shahar hokimligining doimiy nazoratida ekani ma’lum qilindi.