Avvalroq, yong‘in xizmati Attika poytaxt viloyati hududida yong‘inni o‘chirish paytida ikkita vertolyot to‘qnashgani haqida ma’lum qilingan edi, deb xabar berdi ria.ru.
“Ikki vertolyot bortida to‘rt kishi bo‘lgan, ulardan ikki nafari Gretsiya fuqarolari va ikki nafari xorijiy fuqarolar edi. Ikki yo‘lovchi tirik holda, yana ikki nafari esa o‘lik holda topildi”, deyiladi departamentning “Proto Tema” gazetasi tomonidan e’lon qilingan bayonotida.
Gazeta xabariga ko‘ra, halokatga inson xatosi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Vertolyotlarning qoldiqlari chuqur jarlikdan topilgan. Halok bo‘lganlar vertolyotlardan birining ekipaji edi, har bir vertolyotda ikki kishi bor edi – uchuvchilar Ruminiya fuqarolari, koordinatorlar esa Gretsiya fuqarolari edi.