Gruziyaga kelayotgan xorijliklar qoğoz yoki elektron şaklda, gruzin yoki ingliz tilida rasmiylaştirilgan amaldagi tibbiy suğurta polisi hamda baxtsiz hodisalardan suğurtalanganlik töğrisidagi hujjatga ega bölişi şart.

Suğurta polisi Gruziya yoki xorijiy suğurta kompaniyasi tomonidan berilişi mumkin. Bunda eng kam suğurta summasi 30 000 Gruziya larisini (11 154,88 AQŞ dollariga teng) taşkil etişi lozim.

Suğurta polisida şartnoma taraflari, suğurtalangan hudud, suğurta obyekti, suğurta muddatining boşlaniş va tugaş sanalari, suğurtalangan xatarlar, suğurta summasi miqdori (javobgarlik limitlari), suğurta mukofoti miqdori hamda uni tölaş joyi va şartlari majburiy ravişda körsatilişi zarur.

Polis turistning Gruziya hududida bölişining butun davrini, jumladan, mamlakatga kiriş va undan çiqiş sanalarini ham qamrab olişi lozim.

Diplomatik va maxsus viza egalari; diplomatik, xizmat, rasmiy va maxsus pasport egalari; diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari va ularga tenglaştirilgan tuzilmalarning akkreditatsiyadan ötgan xodimlari, şuningdek, ularning akkreditatsiyaga ega bölgan oila aʼzolari; Gruziyaga xalqaro şartnomalar va bitimlarga muvofiq kirib kelayotgan şaxslar; xalqaro avtomobil yuk va yölovçi taşuvlarini amalga oşiruvçi haydovçilar majburiy suğurta polisiga ega böliş talabidan ozod etilgan.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi maʼlumotiga köra, 2026-yilning dastlabki 9 oyida Gruziya aeroportlarida 711 nafar yölovçining mamlakatga kirişi rad etilgan bölib, ularning 473 nafari Özbekiston fuqarolaridir.

Kirişga ruxsat berilmasligining asosiy sabablari safar maqsadini aniq tuşuntirib bera olmaslik, mehmonxona bronlari va qaytiş aviaçiptalari kabi tasdiqlovçi hujjatlarning yöqligi, tibbiy suğurta polisi mavjud emasligi hamda mamlakatda böliş uçun yetarli moliyaviy mablağ mavjudligini tasdiqlay olmaslik bilan boğliq.

Şu munosabat bilan, Gruziyaga safar qilişni rejalaştirayotgan fuqarolarga safar maqsadini oldindan aniq belgilaş, mehmonxona bronlari, qaytiş aviaçiptalari, tibbiy suğurta polisi va yetarli moliyaviy mablağ mavjudligini tasdiqlovçi hujjatlarni tayyorlab qöyiş tavsiya etiladi.

Çegara nazoratida beriladigan savollarga aniq, işonçli va izçil javob beriş muhim ahamiyatga ega.