Kunduzgi harorat +27...+30 daraja atrofida boʻladi.
2-aprel kuni shimoli-gʻarbiy hududlar, choʻl zonasi va janubiy viloyatlarda, 3-aprel kuni esa respublika hududining katta qismida ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Harorat +24...+27 darajagacha, janubda esa +20...+22 darajagacha pasayadi.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, janubiy va choʻl hududlarda 14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.
Toѓ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Toshkent shahrida bugun yogʻingarchilik kutilmaydi, kechga yaqin qisqa muddatli yomgʻir va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat +22...+24 daraja boʻladi.
31-mart va 1–2-aprel kunlari poytaxtda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo +27...+29 darajagacha iliydi.
3-aprel kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunduzgi harorat +24...+27 daraja atrofida boʻladi.
Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.