ANI agentligining mamlakat qurolli kuchlariga tayanib xabar berishicha, Hindistonning Assam shtatida An-32 samolyotining halokatga uchrashi oqibatida besh kishi hayotdan ko‘z yumdi.

"Besh nafar havo kuchlari xodimi... halokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi", deyiladi xabarda.

Uchuvchilardan biri tirik qoldi va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, deb xabar berdi ria.ru.

Hodisa Jorhat shahrida qo‘nish paytida sodir bo‘lgan. NDTV ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot halokatdan keyin yonib ketgan.