Bahodir Ahmedov, fizika-matematika fanlari doktori, Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan, keyinchalik Ispaniyaning “Granada” universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan hamda Germaniyaning “Axen texnika universiteti”da doktoranturani yakunlagan.
Mehnat faoliyati davomida Bahodir Ahmedov Toshkentdagi INHA universitetida professor, 2021 yildan buyon esa “Yangi Oʻzbekiston” universitetida professor va oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektor sifatida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. 2020 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani ham uning mehnati va fidoyiligiga berilgan yuksak eʼtirofdir.
Shuningdek, uning tashabbusi bilan dunyoning yuqori reytingli oliy taʼlim muassasalari, jumladan “Massachusets Texnologiyalar Instituti”, “Myunxen texnika universiteti”, “Xalifa universiteti”, “Gong Kong fan va texnologiyalar universiteti” bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi. Bu esa universitetning xalqaro nufuzini oshirish, zamonaviy taʼlim dasturlarini joriy etish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.