Albatta, Muhtaram Prezidentimizning xalq uchun yaratayotgan
imkoniyatlari inson qadrini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Inson qәdri yukasalgan
joyda kelajak parloq bo‘ladi. Har bir qadamda yuksalish, rivojlanish, qurilish
va obodonlashtirish jarayonlari avj olgan.
Eng muhimi, hudud iqtisodiyotida yangi sanoat korxonalari va zamonaviy
texnologiyalar kirib kelmoqda. Mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, tayyor
mahsulot ishlab chiqarish, eksport geografiyasini kengaytirish va yashil
energetikani rivojlantirishda Qoraqalpog‘iston sanoatining yangi qiyofasini
shakllantirmoqda. Shu ma'noda bugungi bunyodkorlik ishlari nafaqat hozirgi
iqtisodiy ehtiyojlarga, balki hududning uzoq muddatli taraqqiyoti uchun xizmat
qiladi.
Mustaqilligimizning 35 yilligini tantanali nishonlash jaaryonida
Qoraqalpog‘istonda jami 12 ob'ekt, shuning ichida 117 milliard so‘m mablag‘
hisobidan yangidan rekonstruksiya qilingan Turon futbol stadioni, 3,1 trillion
so‘mlik 200 megavattli shamol elektr stansiyasi va 100 megavattli energiya
saqlash tizimi, 153 milliard so‘mlik Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot
akademiyasi, 12 million dollarlik ohak ishlab chiqarish zavodi, xalqaro moliya
institutlari tomonidan moliyalashtirilib, 167,7 milliard so‘m hisobidan
rekonstruksiya qilingan Mang‘it suv tozalash inshooti, Nukus shahrida 15
million dollarlik gazoblok ishlab chiqarish korxonasi, Kegeylida 4 million
dollarlik DVP mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi kabi
ob'ektlar ishga tushirildi. Albatta, ushbu yirik loyihalar muhtaram
Prezidentimizning odilona siyosati, boshqa davlatlar bilan yaxshi munosabatta
bo‘lishi natijasida amalga oshirilmoqda. Investitsiyalar aholisi tinch, xalqi
mehnatkash O‘zbekistonimizga, shu jumladan Qoraqalpog‘istonimizga kirib
kelmoqda.
Shuningdek, Nukus tumani hududida 60 milliard so‘mlik parrandachilik
kompleksi, Buyuk Britaniyaning 3,3 milliard so‘mlik Pearson Btec xalqaro ta'lim
dasturi loyihasi, Nukus shahrida 21 milliard so‘mlik zamonaviy xususiy maktab,
Taxiatosh tumanidagi 8,5 milliard so‘m hisobidan yangidan qurilgan 23-sonli
umumta'lim maktabi, Chimboy tumanida 13,4 milliard so‘mlik yangi maktabgacha
ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirilishi so‘zimizning isboti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida energetika sohasi,
jumladan, qayta tiklanuvchi energiya yo‘nalishiga xorijiy investitsiyalarning
faol jalb qilinishi, ishlab chiqarish quvvatlari sonini kengaytirmoqda. Nukus 2
— Osiyo taraqqiyot bankining quvvati 200 megavatt bo‘lgan yirik shamol
energetikasi loyihalaridan biri hisoblanadi.
Qorao‘zak tumanida quvvati 200 megavatt bo‘lgan zamonaviy shamol elektr
stansiyasi ishga tushirildi. Yangi ob'ektning ahamiyatini uning ishlab chiqarish
quvvati va yillik ko‘rsatkichlari ham yaqqol namoyon etadi. Stansiya to‘liq
quvvatda ishlaganda yiliga qariyb 701 million kilovatt-soat elektr energiyasi
ishlab chiqaradi. Bu qariyb 292 ming xonadonning 1 yillik elektr energiyasi
iste'moliga teng. E'tiborli jihati, majmuada 100 megavatt quvvatga ega energiya
saqlash tizimi ham barpo etilgan. Zero, shamolning tezligi doimo bir xil emas.
Energiya saqlash tizimi esa ishlab chiqariladigan elektr energiyasini
zaxiralash va zarurat tug‘ilganda tarmoqqa uzatish orqali elektr ta'minoti
barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Muhtaram Prezidentimizning «Bizning oliy va ezgu maqsadimiz –
birgalikdagi fidokorona mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekiston tarkibida Yangi
Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir» degan da'vati Qoraqalpog‘iston ahlini yangi
marralar sari chorlaydi, har birimizda Vatanga xizmat qilish mas'uliyati va
faxrini yanada oshiradi.
Hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi xududning
iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini yanada oshirib, yangi imkoniyatlar yaratib
beradi. Eng muhimi insonlar hayotini yaxshilashga xizmat qiladi.
Qonaqbay TURDЫBAeV,
Qoraqalpoq davlat universiteti
professori,
filologiya fanlari doktori.