Willer Express — Yaponiya turizm va yoʻlovchi tashish bozorida yetakchi operatorlardan biri boʻlib, mamlakatning shimolidan janubigacha keng hududni qamrab olgan.

Yaponiyaning xalqaro kadrlar tayyorlash va ishga joylashtirish sohasidagi yirik kompaniyalaridan biri — Onodera User Run ushbu operatorni Oʻzbekiston bozoriga olib kirmoqda.

Uch tomonlama kelishuv Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musoev, Hirayama Koji va Kato Jun oʻrtasida imzolangan.

Kelishuvga koʻra, Oʻzbekistonda Willer Express uchun avtobus haydovchilarini tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Tayyorlangan mutaxassislar Yaponiyada yuqori daromadli ish oʻrinlari bilan taʼminlanadi.

Toshkent shahrida zamonaviy oʻquv poligoni barpo etiladi. Amaliyot jarayonlari uchun Yaponiyadan oʻng rullli avtobuslar olib kelinishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha orqali oʻzbekistonlik haydovchilar uchun xalqaro mehnat bozorida yangi imkoniyatlar ochilishi kutilmoqda.