Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari “Zakovat” turnirida gʻolib chiqdi.
Kosonlik 11-sinf oʻquvchisi Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ballni qoʻlga kiritdi. Davlatimiz rahbari bunday iqtidorli yoshlar koʻpligini, ularga aniq fanlarni xorijiy tillarda oʻrgatish imkoniyati yaratilsa, yuqori natijalar har bir tumanda boʻlishini taʼkidladi. Kelasi yildan barcha tumanlarda bittadan maktabda aniq fanlarni chet tilida oʻqitish boshlanadi.
Shu bilan birga, oʻzbekistonlik yoshlar robototexnika boʻyicha jahon chempioni boʻldi. Yil yakunigacha har bir tumanda robototexnika toʻgaragi ochilib, jihozlanadi. Har yili mart oyida oʻquvchilar oʻrtasida viloyat chempionati oʻtkaziladi. Birinchi oʻrin egasiga 30 million, ikkinchi oʻringa 20 million, uchinchi oʻringa 10 million soʻm mukofot beriladi.