Maʼlum qilinishicha, fuqarolar “Navoiy” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga piyoda chiqib ketayotgan vaqtida ularning xatti-harakatlari shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rik o‘tkazilgan.
Ko‘rik davomida ikki fuqaroning oyoqlariga skotch bilan o‘rab yashirilgan, og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan jami 240 ming AQSh dollari miqdoridagi naqd xorijiy valuta aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.