Uning qaytarilishi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan ko‘rilgan tashkiliy-diplomatik chora-tadbirlar hamda Polsha Adliya vazirligi bilan hamkorlik natijasida amalga oshirildi. Qaytarish operatsiyasi O‘zbekiston IIV huzuridagi Interpol Milliy markaziy byurosi tomonidan tashkil etildi.

1988-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan F.V. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, Interpolning qizil bildirishnomasi asosida qidiruvda bo‘lgan.

Fuqaro O‘zbekiston Interpol xodimlari hamrohligida Varshavadan Toshkentga olib kelindi.

Elchixona vakillarining maʼlum qilishicha, ushbu saʼy-harakat xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari manfaatlarini himoya qilish, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro qidiruvdagi shaxslarni mamlakatga qaytarish borasidagi tizimli ishlarning navbatdagi amaliy samarasi bo‘ldi.