Maʼlumot uchun, Ilhom Saparov 1975-yilda Termiz tumanida tugʻilgan. 2002-yilda Termiz davlat universitetining bakalavriat, 2011-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, Xalq taʼlimi hamda Madaniyat boshqarmalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar esa Surxondaryo viloyati hokimining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.