Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi.
Joriy yilda jami 677 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 451 744 nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 226 163 nafari (33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi.
Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9 foiz)ni ayollar (2025-yilda 361 019 nafar), 312 711 nafari (46,1 foiz)ni esa erkaklar (2025-yilda 310 378) tashkil etadi.
Test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar soni 664 609 nafar. Abituriyentlarning 36 500 (5,4 foiz) nafari (2025-yilda 39 307) alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga;
10 581 (2025-yilda 10 572) nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.
Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlar tomonidan yuklangan xalqaro sertifikatlar tekshirilib, ularning 24 526 tasi (2025-yilda 18 854 ta) tasdiqlandi.
Umumta’lim fanlari bo‘yicha 193 186 (2025-yilda 85 140) nafar, chet tillari bo‘yicha esa 125 354 (2025-yilda 58 216) nafar milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi (ushbu toifadagi abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" shakllantirilmagan). 2025-yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan edi.
Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar me’yorlashtirildi. Hozirda 64 (2025-yilda - 65) ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlandi. Ularda bir smenada 1 183 (2025-yilda - 1 169) ta guruhda, 35 490 (2025-yilda 35 070) nafar, bir kunda esa 70 980 (2025-yilda 70 140) nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.
Test sinovlari 10 kun muddat davomida o‘tkaziladi.