Bu haqda DXX maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu shaxs ijaraga olgan xonadondan 887 gramm opiy va 71 gramm geroin giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Tergov jarayonida ushbu shaxs giyohvandlik vositalarini qoʻshni davlatdagi jinoiy sheriklaridan olib kelib, keyinchalik sotish orqali daromad topishni rejalashtirgani maʼlum boʻldi.
Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan tadbirda esa Fargʻona tumanida yashovchi 1991-yilda tugʻilgan fuqaroning xonadondan Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan 2800 dona Regapen kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari topildi. Ushbu dori vositalarining umumiy qiymati 140 million soʻmni tashkil qiladi.
Toshkent viloyatida aniqlangan holatda Toshkent tumanida yashovchi 1996-yilda tugʻilgan shaxs hamda uning tanishi boʻlgan 1994-yilda tugʻilgan Qozogʻiston fuqarosi oʻzaro kelishgan holda Qozogʻistondan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan 300 millilitr Tropikamid moddasini xaridorga 300 AQSH dollari va 600 ming soʻmga sotgan vaqtlarida qoʻlga olindi.
Ularning yonidan bir necha dona Pregabalin kapsulalari va Tropikamid suyuqligi boʻlgan flakonlar ham ashyoviy dalil sifatida olindi.
Tekshiruvlar davomida narkosavdogarlar kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni turli nomdagi dori vositalari idishlariga yashirgan holda mamlakat hududiga olib kirgani aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.