Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qildi.

“Kasallik tarqalishining har bir zanjiri aniqlanib, to‘xtatilmaguncha, epidemiya davom etaveradi. U KDR, qo‘shni davlatlar va umuman butun mintaqa uchun xavf tug‘diradi”, — dedi u Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi epidemiya kasallik tarixida eng tez avj olayotgan va ko‘lami jihatidan ikkinchi yirik epidemiya hisoblanadi. Gebreyesusning aytishicha, xavfsiz dafn marosimlarining tashkil etilmayotgani virusning tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.

KDR va Ugandada 15 mayda boshlangan epidemiya Afrikada ilk bor paydo bo‘lganidan beri olib borilayotgan kuzatuvlar davrida insonlar eng ko‘p halok bo‘lgan ikkinchi holat bo‘lib turibdi, deb xabar berdi Kazinform.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ebola bezgagidan vafot etganlar soni 2,9 ming nafardan oshdi. Tasdiqlangan holatlar soni 6 mingdan yuqori. Hozirda kasallik Kongoning oltita provinsiyasida qayd etilgan. Epidemiyaning asosiy o‘chog‘i Ituri provinsiyasida joylashgan.