“2026-yil 20-iyun holatiga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi vabo kasalligining 838 ta gumonli holati, 7 ta tasdiqlangan holat va 117 ta o‘lim haqida xabar berdi”, — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Uning aytishicha, epidemiya qurolli mojaro oqibatida sog‘liqni saqlash tizimida yuzaga kelgan uzluksiz izdan chiqishlar fonida kuchaymoqda.
“Aholining ko‘chishi muhim tibbiy xizmatlardan foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Shuningdek, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar va hududlarga kirish imkoniyatining cheklangani tezkor javob guruhlarini joylashtirishni, shuningdek tibbiy jihozlar hamda gumanitar yordam yetkazib berishni kechiktirmoqda”, — dedi Tedros Adxanom Gebreyesus.
Uning ta’kidlashicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamkorlar bilan birgalikda sog‘liqni saqlash sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirmoqda, vaboni davolash markazlari va og‘iz orqali regidratatsiya bo‘limlarini kengaytirmoqda, vaboni davolash uchun tibbiy to‘plamlar yetkazib bermoqda, qo‘l yuvish stansiyalarini o‘rnatmoqda, suvni xlorlash bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitmoqda hamda jamoat salomatligi sohasidagi ma’rifiy ishlarini qo‘llab-quvvatlamoqda, deb xabar berdi Kazinform.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) o‘tgan oy jahon OAV e’tiborini tortgan hantavirus epidemiyasi rasman 2 iyulda yakunlanishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligiga JSST ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish vakolati berilishi haqida ham xabar berilgan edi.