Jumladan, 4R105 "Darband – Boysun – Elbayon" hamda 4R100 "Mang‘uzor – Jarqo‘rg‘on – Bandixon – Oltinsoy – Denov" avtomobil yo‘llarining umumiy 111 kilometr qismida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Sement-beton qoplamali qilib bunyod etilayotgan avtomobil yo‘li Boysun, Bandixon, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy hamda Denov tumanlari hududidan o‘tadi.

Darband – Denov avtomagistrali bitishi bilan Surxondaryo viloyatidagi M41 va M39 avtomagistrallari eng qisqa masofada birlashtiriladi. Loyiha natijasida Surxon vohasidan poytaxt Toshkentga olib boruvchi avtomobil yo‘li 146 kilometrga qisqaradi.

Mazkur loyiha hudud transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, aholi uchun xavfsiz va qulay harakatni ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.