Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Prezidentimiz bugun korxonalardagi yosh laborantlar, dual ta’lim asosida ishlayotgan talabalar bilan gaplashib, olimlarning taqdimoti bilan tanishib, sohaga ilm-fan kirib borayotganiga amin bo‘lganini ta’kidladi.Lekin bu borada qilinadigan ishlar hali ko‘pligi qayd etildi.
Sohada ta’lim, tadqiqot, laboratoriya, startaplarni o‘z ichiga olgan yaxlit tizim yaratiladi.
Buning uchun Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 60 gektar yerda Kimyo sanoati uchun innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasteri tashkil qilinadi.
Mazkur klasterda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Kimyo texnologiyalari innovatsiya markazi barpo etiladi. Ushbu markazda tajriba-sinov o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning yarmi qoplab beriladi.
Kelgusi yil yakunigacha Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universitetining Toshkent filiali klaster hududiga ko‘chirilibadi.