Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan yaratilgan uşbu kitob va 40 qismli multfilmda murakkab huquqiy tuşunçalar quruq qoidalar yoki murakkab yuridik atamalar orqali emas, balki qiziqarli voqealar hamda Odilbek, Adolatxon va Mittivoyning qiziqarli sarguzaştlari orqali yoritib berilgan.

Taqdimot tadbirida Konrad Adenauer nomidagi jamğarmaning Markaziy Osiyo böyiça vakolatxonasi moliyaviy kömagida 1 000 nusxada çop etilgan ingliz tilidagi kitoblar Taʼlim va ilm-fan vazirligiga topşirildi.

Tadbirning yana bir muhim jihati – bolalarning huquqiy bilimlarini oşirişga möljallangan 14 turdagi interaktiv huquqiy öyinlarning taʼlim tizimiga taqdim etilgani böldi.

Şuningdek, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi va Konrad Adenauer nomidagi jamğarmaning Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy vakolatxonasi örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandum imzolandi.

Uşbu taşabbus xorijiy tillarni örganayotgan bolalar uçun zamonaviy milliy huquqiy kontent yaratiş hamda yoşlarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalaş bilan birga, Özbekistonning huquqiy-maʼrifiy tajribasini xalqaro maydonda keng tarğib etişga xizmat qiladi.

Taqdimotda Adliya vaziri Akbar Toşqulov va Konrad Adenauer nomidagi jamğarmaning Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Andre Algermissen hamda qator vazirlik va idoralarning mutasaddilari iştirok etdi.