Bolajon xalqimiz barça orzu-umidlarini farzandi, uning kamoli bilan boğlaydi. Köpinça bu orzular uşalişi yölida biz — ota-onalar özimizni unutamiz. Nabiralar dunyoga kelgaç, zimmamizdagi masʼuliyat yuki ön, balki yuz çandon ortadi. Avlodimiz davomçilari taqdiriga sira beparvo qaray olmaymiz. Men öğil-qizlarimni ulğaytirdim, endi ular öz bolalariga ğamxörlik qilsin degan tuşunça millatimizga, xalqimizga umuman begona. Mamlakatimiz yetakçisining maktubi ana şu hayotiy va ezgu tamoyilning yaqqol ifodasi desak, aslo mubolağa bölmaydi.
Davlatimiz rahbari yozganidek, maktubdagi fikrlar yurtimizdagi har bir bobo va ota, har bir buvi va onaning öz aziz dilbandlariga atagan yurak sözlaridir.
Farzandlar — ota-ona, bobo-buvilar uçun köz qoraçiğidek aziz neʼmat. Har birimiz bolalarimiz baxtli, bilimli, el-yurtga naf keltiradigan inson bölib ulğayişini istaymiz. “Biz körmagan yaxşiliklarni farzandlarimiz körsin, biz çekkan maşaqqatlarni ular çekmasin”, degan gap bejiz aytilmagan. Xalqimiz qalbiga örnaşgan ezgu orzu, avloddan avlodga ötib kelayotgan mehr va ğamxörlik Prezidentimizning nabirasiga yöllagan maktubida öz ifodasini topgan. Maktub “Közimning oqu qorasi” degan samimiy murojaat bilan boşlanadi. Bu sözlarda boboning nabirasiga bölgan mehri bilan birga davlatimiz rahbarining yurtimizdagi har bir bolani baxtli-saodatli köriş istagi uyğunlaşib ketgan.
Maktubni öqir ekanmiz, bolalarimizga nasihat qiliş bilan birga ularning har bir söziga eʼtiborli bölişimiz zarurligini anglaymiz. “Bolajonim, seni qançalik yaxşi körişimni bilasan. Lekin taqdir zimmamga şunday vazifa yuklaganki, men nafaqat sening, balki senga öxşagan millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak”, deb yozadi Prezidentimiz.
Bu sözlarni öqiganimizda, avvalo, öz farzandlarimiz, nabiralarimiz, yurtimizda ulğayayotgan barça bolalar köz oldimizdan ötadi. Çunki farzandlarimiz baxti faqat bir oilaninggina quvonçi emas. Bilimli, soğlom, tarbiyali avlod butun xalqimizning ertangi kuni, ona Vatanimiz tayançidir.
Iordaniyaga davlat taşrifi çoğida yozilgan maktubda Şavkatbekning “Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan beğubor savolida uning bobosiga çeksiz mehri, soğinçini his etarkanmiz, savolga berilgan javob har birimiz uçun ibrat namunasiga aylandi. Prezidentimiz bunday uzoq safarlarga çiqişini nabirasiga tuşuntirar ekan, öz masʼuliyatini uning va tengdoşlarining kelajagi bilan boğlaganida davlatimiz rahbarining bobo sifatidagi şaxsiy mehri umummilliy ğamxörlik bilan uyğunlaşib ketganiga guvoh bölamiz.
Prezidentimiz öz maktubida bolalik va yoşlik yillarida yozning jaziramasida ğöza çopgani, qişning izğirinida paxta tergani, maktabda öqişi lozim bölgan davrning bir qismi dalada ötganini hikoya qiladi. Ana şu maşaqqatli yillarni boşidan ötkazgani uçun ham davlatimiz rahbari bugun öğil-qizlarimiz baxtli-saodatli bölişi uçun juda katta şaroit va imkoniyatlar yaratdi. Majburiy mehnat degan oğir yukni bolalarimiz, yoşlarimiz va ziyolilarimiz yelkasidan olib taşladi. Öşa davr maşaqqatlarini bugunning bolalariga ravo körmadi. Ularning ilm olişi, bilimli, zakovatli bölişi yölidagi islohotlarni davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylantirdi.
Öşa maşaqqatli yillar qiyinçiliklarini boşimizdan ötkazganimiz sababli farzandlarimiz va nabiralarimizning bugungi imkoniyatlarini körib, ularning baxtli kelajagi kafolatlanganidan biz — nuroniylarning könglimiz şukronalikka töladi.
Prezidentimiz maktubida yoşlikda olingan bilim toşga öyilgan naqşdek mustahkam böladi deyiladi. Hozir bu ögitning qadri yanada oşdi. Dunyo tez özgaryapti, raqamli vositalar va sunʼiy intellekt hayotimizga kirib kelyapti. Ulardan unumli foydalaniş kerak, ammo ularga qaram bölib qolmaslik, mustaqil fikrlaş va bilimni öz mehnati bilan egallaş muhim.
Davlatimiz rahbari maktubida milliy qadriyatlar, gözal tarbiya uslublari namoyon bölgan. Öz ildizini unutmagan holda zamon bilan hamnafas böliş, ilm-fan yutuqlaridan oqilona foydalaniş jamiyat taraqqiyotining asosi bölişi şubhasiz. Buyuk ajdodlarimiz Imom al-Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy va Behbudiy kabi bobolarimizning ilmga intilgani, tafakkuri va mehnati bilan xalqqa xizmat qilgani yoşlarimiz uçun ibrat bölib qolaveradi.
Prezidentimizning vaqtni qadrlaş, boşlangan işni oxiriga yetkaziş, qiyinçilikda tuşkunlikka tuşmaslik kabi hayotiy ögitlari birgina nabirasiga emas, butun xalqimiz farzandlariga berilgan ögitdir. “Bugungi işni ertaga qoldirma”, “muvaffaqiyatsizlikdan xulosa çiqar”, degan fikrlardan biz, kattalar ham ibrat olişimiz va bularga, avvalo, özimiz amal qilib, farzandlarimizga namuna bölişimiz kerak. Yoşlar bobo va buvilarining halol mehnatini, sabr-toqatini, odamlarga munosabatini körib ulğayadi. Şaxsiy namuna esa eng taʼsirçan tarbiya maktabidir.
Farzand kelajagini öylaş uning bugungi moddiy ehtiyojlarini qondiriş bilangina çeklanmaydi. Uning qalbiga ezgulik uruğini ekiş, mustaqil fikrlaşga örgatiş, kitobga mehr uyğotiş, kasb-hunar egallaşiga kömaklaşiş ham vazifamizdir. “Halol böl”, “mehnatdan qoçma”, “odamlarga yaxşilik qil”, “ona Vatanimizni sev” kabi ögitlar oilalarimizdagi oddiy amallarda — kattalarni hurmat qilişimiz, kiçiklarga izzat körsatişimiz, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, qöşniga yordam berişimiz, mahallalarimizni obod qilişimizda namoyon böladi.
Uşbu maktubni öqir ekanman, bugun biz — nuroniylarning farzandlarimiz tarbiyasi borasidagi vazifalarimiz yanada oydinlaşgandek böldi. Yoşlar raqamli axborot olamida yaşayapti, qiziqişlari va ehtiyojlari özgaryapti. Şu bois, biz — kattalar bolalarimizga körsatma va buyruqlar beriş bilan çeklanmay, ularni tinglaşni, ular bilan samimiy suhbatlaşişni, öz tajribamiz asosida hayotiy misollar bilan har bir vaziyatni tuşuntirişimiz zarur. Oilada, dasturxon atrofidagi suhbat va gurunglarni qayta tiklaş, farzandlarimizga mehrimizni yetkaziş barçamizning burçimizdir. Mehr bor joyda esa işonç mustahkamlanadi, işonç bölgan joyda esa nasihat qalbga yetib boradi. Bu Prezidentimizning sevimli nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubida juda gözal tarzda öz ifodasini topgan.
Prezidentimiz maktubda nabirasi va uning tengqurlaridan, yoşlardan kutayotgan umidini oçiq-oydin bayon etadi. Ularning çuqur bilim olişi, soğlom, Vatanga kerakli inson bölib ulğayişi uçun yaratilayotgan şaroitlar va bundan közlangan maqsad — davlatimiz rahbari dilidagi sözlar nafaqat dilbandlarimiz, balki nuroniylarning ham masʼuliyatini yanada kuçaytiradi.
Darhaqiqat, ön yil avval Özbekiston yoşlari bugungi zafarlarga erişişiga birov işonmasligi mumkin edi, lekin xolis va pok niyatlar ijobati, uzoqni közlagan tizimli islohotlar natijasi bizni köp kuttirmadi. Mamlakatimiz yetakçisi maktubda yozganidek, ilm-fan, texnologiya, sport, sanʼat va boşqa sohalarda erişilayotgan ğalabalar — yangi Özbekiston kelajagini barpo etiş yölidagi saʼy-harakatlarning ilk mevasidir.
Maktub har bir boboning qalbini tölqinlantirib yuborişi şubhasiz. Yuqorida aytganimizdek, bu — gözal tarbiyaning nozik körinişi. Maktubdagi quyidagi sözlarni öqigan har bir inson könglidan şunday fikr ötgan bölsa kerak: “Ezgu niyat, qatʼiy amal va gözal fazilatlar bilan yaşasang, aslo kam bölmaysan. Ilm-maʼrifat va qatʼiy intizomga tayangan mehnat esa noningni butun, el-yurt orasida nomingni aziz qiladi”.
Töğri, texnologiyalar rivojlangan paytda Prezidentimiz qönğiroq yoki videoqönğiroq orqali nabirasi bilan suhbatlaşişi mumkin edi. Biroq qoğozga köngildagi keçinmalarini bitib, maktub yöllaşi zamirida azaliy uluğ odat, qadriyat mujassam. Şu maʼnoda, bu Şavkatbek uçun ham, yoşlarimiz va barça farzandlarimiz uçun ham juda qimmatli, nihoyatda ahamiyatlidir.
“... Har kuni bilim olişga, yangi könikma va tajriba orttirişga harakat qil! Biror işga qöl ursang, uni albatta oxiriga yetkazgin. Bugungi işni aslo ertaga qoldirma!
... Unutma, vaqt şunday boylikki, uning bahosi yöq. Uni ortga qaytariş, tiklaş ham imkonsizdir. Şunday ekan, har bir daqiqani ğanimat bil!
Yana bir gapni aytmasam bölmaydi, bolajonim! Hayotda könglingga tukkan işlaring har doim ham tez va soz amalga oşmasligi, gohida omad yuz ögirişi ham mumkin. Şunday pallalarda şoşqaloqlik va umidsizlikdan yiroq bölib, sabr va irodaga suyanmoq lozim”.
Sezganingizdek, maktub farzandu nabiralarimizni nafaqat bilim olişga, yoşlikning qadriga yetişga, vaqtdan unumli foydalanişga undaydi, balki ularni irodali, halol, ahdida sobit, ruhan kuçli insonlar bölib kamol topişga ham daʼvat etadi. Zotan, bu maktub yurtimizdagi har bir bobo va ota, har bir buvi va onaning öz aziz dilbandlariga atagan yurak sözlaridir!
Maktubning ijtimoiy ahamiyati ham şunda: u oiladagi mehrli suhbatdan boşlanib, xalq kelajagi haqidagi umumiy masʼuliyatga borib taqaladi. Yoşlarni vatanparvar, bilimli va mustaqil fikrlaydigan inson etib tarbiyalaş oila, maktab va mahalla hamkorligida samara beradi. Kattalarning duosi va nasihati, ustozlarning taʼlimi, mahallaning eʼtibori birlaşsa, bola uçun mustahkam tayanç paydo böladi.
“Hayotda çiqargan eng katta xulosalarimdan biri şuki, bu dunyoda millatning dardiga darmon bölişdan köra aʼlo va afzal iş yöq”, deb yozadi Prezidentimiz nabirasiga. Bu sözlar xalq xizmati, Vatan oldidagi burç va insonlarga daxldorlik haqidagi çuqur hayotiy xulosadir. Davlat rahbarining zimmasidagi masʼuliyat haqidagi fikr ham boboning nasihati orqali yoş avlodga yetkaziladi.
Nabiraning “Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan savoliga berilgan javob ham alohida maʼnoga ega. Davlatimiz rahbarining safarlari va xalqaro hamkorlik mamlakat manfaati, xalqning tinçligi va farzandlarning munosib kelajagi uçun qilinadigan mehnatning bir qismidir. Bolaning sodda savoli kattalarga ham bir haqiqatni eslatadi: har bir katta vazifaning zamirida insonlar hayotiga daxldor maqsad turişi kerak.
Xalqimizda “Bola — aziz, odobi undan aziz”, degan hikmat bor. Farzandlar kelajagini öylab yaşaş ham ana şu qadriyatning bir qismidir. Bugun ularning qalbiga ekilgan bilim va odob uruği ertaga yaxşi amallarda, elga foydasi tegadigan mehnatda körinadi. Farzandni öz oilasinigina emas, Vatanini ham sevişga, xalq dardiga befarq bölmaslikka örgatiş bobo-buvilar, ota-onalar va butun jamiyatning burçidir. Prezidentimiz nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubida bizga ana şu hayotiy haqiqatni yana bir bor eslatib ötdi.
Sodiqjon TURDIYEV,
“Nuroniy” jamğarmasi respublika boşqaruvi
raisi, senator, Özbekiston Qahramoni