Termiz tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabida bel olish va uch kurash boʻyicha 2003-2004-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati hamda kattalar oʻrtasida mamlakat kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasining yillik-taqvimidan oʻrin olgan mazkur bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan 500 nafardan ortiq polvon gʻoliblik uchun kurash gilamiga tushishdi.
Musobaqada sportchilar oʻz vazn toifalariga koʻra bel olish va uch kurashning yoʻnalishlari boʻyicha murosasiz bahs olib borishdi. Yakuniy natijalarga koʻra, oʻsmirlar oʻrtasida Abduhakim Moʻydinov, Maʼrufjon Boltaboyev, Ilyosbek Ahmadjonov, Abduhakim Mahmudov, kattalar oʻrtasida Sarvar Mirzayev, Dilmurod Joʻrayev, Sayfiddin Yaxshiboyev singari polvonlar barcha raqiblarini yengib, oltin medallarga ega boʻlishdi.
Musobaqa yakuniga yetgach, gʻolib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanishdi.
Kuchlilar Termizda aniqlandi
Termiz tumanida mamlakat kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Toşkentda buyurtma asosida odam öğirlaşda gumonlangan ikki şaxs qölga olindi
- Özbekistonlik Humoyun Begmuratov U-20 jahon çempioni böldi
- Davlatimiz rahbari Ostona shahriga keldi
- Toşkentda oktyabr oyida havo sifati ötgan yilga nisbatan yaxşilandi
- Özbekiston Kubogini qölga kiritgan FarDUning voleybol jamoasiga medallar topşirildi
- Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga joʻnab ketdi