Termiz tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabida bel olish va uch kurash boʻyicha 2003-2004-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati hamda kattalar oʻrtasida mamlakat kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasining yillik-taqvimidan oʻrin olgan mazkur bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan 500 nafardan ortiq polvon gʻoliblik uchun kurash gilamiga tushishdi.
Musobaqada sportchilar oʻz vazn toifalariga koʻra bel olish va uch kurashning yoʻnalishlari boʻyicha murosasiz bahs olib borishdi. Yakuniy natijalarga koʻra, oʻsmirlar oʻrtasida Abduhakim Moʻydinov, Maʼrufjon Boltaboyev, Ilyosbek Ahmadjonov, Abduhakim Mahmudov, kattalar oʻrtasida Sarvar Mirzayev, Dilmurod Joʻrayev, Sayfiddin Yaxshiboyev singari polvonlar barcha raqiblarini yengib, oltin medallarga ega boʻlishdi.
Musobaqa yakuniga yetgach, gʻolib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanishdi.
Kuchlilar Termizda aniqlandi
Termiz tumanida mamlakat kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Oʻqishini koʻchirish boʻyicha rad etilgan arizalarni 10 avgustga qadar tahrirlash mumkin
- I va II guruh nogironligi boʻlgan fuqarolarga pensiya proaktiv tarzda tayinlanadi
- Bozorga chiqariladigan barcha mahsulotlar xavfsiz boʻlishi shart
- Oʻzbekistonda xavfli mahsulotlarni bozordan chiqarib olishning huquqiy mexanizmi belgilanadi
- Rieltorlik faoliyati yangi tartib asosida tartibga solinadi
- Oʻzbekistonning eng yirik 10 ta savdo hamkori: Xitoy — 9,5 mlrd, Rossiya — 7 mlrd dollar
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- O‘qishga kirolmagan yoki yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar vakant o‘rinlar uchun tanlovda ishtirok etadi