Yuqori martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Ona Vatanimiz, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalqimiz sharafiga bunyod etilgan buyuk obida – Mustaqillik monumenti haqida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Tsyanga soʻzlab berildi.