“Vijdon dökoni”. Heç eşitganmisiz, şunday dökon qayerda bor? Menimça, hali yurtimizning heç bir hududida yöq. Aks holda, nurotalik pedagog Feruz Qobilov özining noodatiy dökoni haqida aytganida, davlatimiz rahbari “Bu ajoyib ğoya, buni ommalaştiriş kerak”, demas edi. Zero, tarbiya fanidan dars beradigan “Yil öqituvçisi”ning uşbu ğoyasi oddiy taşabbus emas. U bolalarga halollikni amalda his qildirişning öziga xos usulidir.

Dökon peştaxtalarida oddiy öquv anjomlari sotiladi. Biroq ularni xarid qiliş orqali bolalarning halolligi, işonçi, özgalar haqiga xiyonat qilmaslik tuyğusi sinovdan ötadi. Zero, uning sotuvçisi yöq, hamma vijdoni oldida özini özi nazorat qiladi. Yaʼni öquvçilar kerakli öquv qurolini olib, pulini maxsus qutiga taşlaşi ham, tekinga olib ketişi ham mumkin. Bu ularning vijdoniga havola. Olingan öquv qurollariga nisbatan yiğilgan mablağ sanoğida körinadi bu.

Taşabbuskor ustozning aytişiça, maktabning vazifasi faqat taʼlim beriş emas. Bolada tarbiya bölmasa, taʼlimni qanday qabul qiladi? Qabul qildi ham deylik, bilimli, ammo vijdonsiz inson jamiyat uçun töliq manfaat keltira oladimi? Şuning uçun taʼlim bilan tarbiyani bir-biridan sira ajratib bölmaydi. Buni çuqur his qilgan pedagog esa taʼlimga tarbiyani birdek singdirib boradi, öquvçini tarbiyalaşning yangi-yangi usullarini öylab topadi. “Vijdon dökoni” ham yoş avlodni halol tarbiyalaşga xizmat qiladigan usullardan biri, aslida. Hozirdan vijdoni oldida javob bera oladigan bola kelajakda bir kasb, bir lavozim egasi ­bölganida ham halol işlaşga, özini nazorat qilişga intiladi. Bunday kadrlarni tarbiyalagan ustozning obrösi esa hamişa yuqori böladi.

Yoş bölişiga qaramay, maktabda obrösi katta qahramonimiz Nurota tumani markazidan 90 kilometr uzoqlikda joylaşgan Temirqovuq qişloğidan. Pedagogik faoliyatini boşlaganiga yetti yil böldi. U natijaga erişişida oilaviy muhit — onasining pedagog ekani muhim omil bölganini taʼkidlaydi. Zero, uyda doimiy tarzda onaning pedagogik faoliyat bilan boğliq işlarini körgan, fidoyi ustozga nisbatan ota-onalarning eʼtiroflarini eşitgan. Lekin onasining majburiy mehnatga jalb qilingani, maoşi kamligi, şuning uçun taʼlimda erkak öqituvçilar sanoqli ekanini bilardi. Özi ham huquqşunos bölişni orzu qilib, Jizzaxda şu yönalişda öqidi. Biroq amaliyot davrida öquvçilar bilan işlar ekan, ularning közida yonib turgan çöğni, ustozga hurmatni, fanga qiziqişni körib, ­öqituvçilikka mehr qöydi. Könglida huquqşunosdan köra pedagog bölsam, jamiyatga köproq foyda keltirgan bölarman balki degan öy paydo böldi. Aynan şu öy uni pedagoglikka yetakladi. 2019-yilda faoliyatini özi öqigan 32-umumtaʼlim maktabida boşladi. Tez orada ikkinçi, birinçi va oliy malaka toifasini qölga kiritdi. Şu yil 70 foizli ustama hamda vazir ustamasiga ham ega böldi. Qisqa aytganda, öqituvçilik qonida bor ekanini amalda körsata oldi.

— 2025-yilda Prezidentimiz tomonidan pedagoglar uçun “Yil öqituvçisi” tanlovi joriy etilişi va ğoliblarga uç xonali uy berilişi töğrisida aytilganida menda juda katta qiziqiş uyğondi, — deydi yoş ustoz. — Tanlovda nafaqat iştirok etiş, balki öşa yutuqqa ega bölişni maqsad qildim, buning uçun butun vujudimda, ruhimda katta kuç paydo böldi. Tanlovning birinçi şartiyoq maqsadimga yöl oçdi. Attestatsiya natijalariga köra, tumanimizdagi eng yuqori ball töplagan pedagog sifatida öz-özidan iştirokçiga aylandim.

Keyingi bosqiçda hakamlar tanlab olgan maktabning 9-sinf öquvçilariga “Öziga işonç — möʼjizakor kuç” mavzusida dars ötdim. Töğrisi, şu mavzuning özi ham menga juda katta kuç berdi. U xuddi özimga qaratilgandek, “Özingga işon va harakatda davom et”, deganday bölardi. Öziga işonçning qançalar qudratli ekanini tanamda his qilganim uçunmi, öquvçilarga ham mavzuni rejalaganimdek yetkaza oldim deb ­öylayman.

Oxirgi bosqiç “Vijdon dökoni”ni yölga qöyişimga birinçi qadam böldi desam ham böladi. Zero, unda qanday yangi loyihalarni amalga oşirganimiz, taʼlimga biror ­yangilik kirita olişimiz va qanaqa takliflarimiz borligini amaliy körsatişimiz kerak böldi. Şunda “Vijdon dökoni” loyihasini taklif qildim. Buning yaralişiga keladigan bölsak, tanlovga tayyorlaniş jarayonida ijtimoiy tarmoqlar orqali Şveysariya, Germaniya va boşqa davlatlarda şunday dökonlar mavjudligini kördim. Insonlar özi yetiştirgan poliz ekinlari yoki sut mahsulotlarini kiçkinagina bir dökonçaga qöyib, narxlarini yozib ketadi, sotuvçi yöq. Xaridorlar özi uçun kerakli mahsulotni oladi va pulini maxsus qutiga taşlaydi.

Manzaradan ilhomlanib, şu loyihani maktabga olib kirsa qanday bölarkan degan fikrga keldim va özim işlaydigan maktabda tajribani sinovdan ötkazdim. Bolalar uçun zarur öquv qurollarini jamlab, “Vijdon dökoni” deb nomladim. Nazarimda, bu bilan Prezidentimizning “halollik vaksinasi orqali insonlarni ramziy maʼnoda emlaşimiz kerak”, degan ğoyasi ham amalga oşadiganday tuyuldi.

Haqiqatan, öylaganimdan-da yaxşi natija böldi. Öquvçilar dökondan foydalaniş jarayonida “Ustoz, buning sotuvçisi yöqmi, pulni kimga beramiz” deb söraşdi. Ularga “Ğazna” deb yozilgan kiçkinagina quti taşkil qilganimni, pulni öşa qutiga solişlarini aytdim.

Bolalar buni juda katta qiziqiş bilan, ijobiy qabul qildi. Baʼzilar bu usul bölmaydi, foydadan köra köproq zarar körasan degan fikrlar ham bildirdi. Men esa “Mayli, buni moddiy foyda körib, boyib ketiş uçun qilayotganim yöq. Maqsadim öquvçilarda halollik, vijdonlilik kabi tuyğularni, işonçni şakllantiriş”, dedim.

Loyiham hakamlarga ham maʼqul böldi. Qarabsizki, tanlov haqida eşitganimdayoq, dilga tukkan yaxşi niyatim amalga oşdi. Ğoliblar nomlari rasman eʼlon qilinganida, çindan ham yutuqqa erişganimni bilganimdagi quvonçimni bir umr unutmasam kerak. Şunça yillik faoliyatida bunaqangi katta rağbatni körmagan onamning, butun oilamdagilarning quvonçi içiga siğmadi. Qolaversa, “Yangi Özbekiston” universitetida Prezidentimiz bilan uçraşgan 14 öqituvçi orasida bölganim ham juda katta voqelikka aylandi. Davlatimiz rahbari oldida “Vijdon dökoni” haqida ayta olganimdan boşim kökka yetdi.

Feruz Qobilov uçun yakunlanayotgan yil katta burilişlar yili böldi. Qator yutuqlari barobarida “Mustaqillikning 35 yilligi” kökrak nişoniga loyiq körildi. 616 million söm pul mukofoti esa şahar markazidan yangi uy olişga sarflandi. Bularning bari qahramonimizning umr daftarida 2026-yil taqdim etgan unutilmas sahifalar sifatida muhrlanib qoladi, albatta.

Taʼlim rivoji uçun esa arzirli taşabbuslar kerak. Ayniqsa, çekka hududlarda fidoyilarça mehnat qilayotgan öqituvçilarning ezgu ğoyalari jarayonga alohida ruh bağişlaydi. Bunda erkak öqituvçilarning faollik körsatişi nur ustiga nur. Binobarin, qahramonimiz suhbat yakunida aytganidek, bugungi kunda taʼlimga erkak pedagoglar juda ham kerak. Çunonçi, maktablarda tartibga rioya qilinişi va bu orqali taʼlimning ösişida ularning örni katta. Bugungi özgarişlar, pedagoglarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar Feruz Qobilovdek taşabbuskor öqituvçilar safini yanada kengaytiradi.

Munojat MÖMINOVA,

“Yangi Özbekiston” muxbiri