Tabiiy resurslar haqida gap ketganda, ba’zi mamlakatlar haqiqatan ham boshqalarga qaraganda qaysidir tabiiy resursga ko‘proq ega. Shu sababdanmi ko‘pgina davlatlar uchun aynan tabiiy boyliklar eksportning dastlabki asosiga aylandi.
Masalan, Kanada, Nigeriya va Saudiya Arabistoni jahon neft bozorining yirik “o‘yinchi”lariga aylandi. Boshqa mamlakatlar, xususan, Jazoir, Rossiya va Qatar ko‘proq tabiiy gazning ulkan zaxiralariga tayanadi. Lekin tabiiy boyliklar har xil bo‘ladi.
Chili va Peru azaldan misning yirik ishlab chiqaruvchilari bo‘lib, so‘nggi yillarda ularning ulkan litiy zaxiralari ham jahon bozorlari uchun strategik ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shunga o‘xshash voqea temir rudasiga boy Avstraliya bilan ham sodir bo‘ldi. Kongo Demokratik Respublikasi esa kobalt va koltan kabi foydali qazilmalarning katta zaxiralari bilan mashhur.
Yer yuzidagi eng unumdor qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan mamlakatlar ham bor. Argentina, Braziliya, Misr, Ispaniya va Ukraina uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat asosiy eksport tovarlariga aylandi.
Vaqt o‘tishi bilan ko‘plab resurslarga boy mamlakatlar qazib oluvchi sanoat — tog‘-kon, neft va gaz tarmoqlari doirasidan chiqa boshlaydi. Sanoatlashtirish va texnologik rivojlanish iqtisodiyotga asta-sekin yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni, masalan, mashinalar va elektron uskunalarni eksport qilishga o‘tish imkonini beradi.
Ba’zi mamlakatlar hatto yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning ayrim bo‘g‘inlariga ixtisoslashmoqda. Jumladan, Niderlandiyada jahon yarimo‘tkazgich sanoati uchun eng yirik uskunalar yetkazib beruvchi ASML kompaniyasi joylashgan.
Xitoy dunyodagi eng yirik eksportchi bo‘lib, so‘nggi yillarda uning tashqi savdodagi ijobiy saldosi bir trillion dollardan oshgan. XXI asrda mamlakat AQShni siqib chiqarib, sayyoramizning asosiy ishlab chiqarish davlatiga aylandi.
Ba’zi sohalarda Xitoyning sanoatdagi ustunligi uning savdo hamkorlari, jumladan, AQSh va Germaniyani tashvishga sola boshladi. So‘nggi yillarda Vashington Xitoyning bir qator import tovarlariga, ayniqsa elektromobillarga keng ko‘lamli tariflar joriy etdi, deb xabar berdi naked-science.ru.
Biroq, ulkan eksport qudratiga qaramay, Xitoyning o‘zi jahon iqtisodiyotiga chuqur qaram bo‘lib qolmoqda. Sababi - global ishlab chiqarish zanjirlarining o‘zaro chambarchas bog‘liqligi: mamlakat o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun butun dunyodan komponentlar va xomashyo talab qiladi. Aynan shu toifa dunyoning to‘rtta eng yirik iqtisodiyoti: AQSh, Xitoy, Germaniya va Yaponiya uchun eng yirik eksport toifasidir. Bunga qimmat sanoat mahsulotlari – Meksika va Polsha faol savdo qiladigan avtomobillar va yuk mashinalari, shuningdek, yuqori texnologiyali mahsulotlar, jumladan mikrochiplar kiradi.
Masalan, Xitoy Braziliya soyasining eng yirik xaridori. Eron neftining xaridorlari orasida katta farq bilan birinchi o‘rinni egallaydi. Boshqacha aytganda, Xitoy eksport mashinasi mustaqil va deyarli cheksiz bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo aslida u global savdo tizimiga mustahkam o‘rnatilgan bo‘lib, bir mamlakat eksporti boshqa mamlakat importiga aylanadi.