Bu Prezidentning 2026 yil 27 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-175-son farmonida belgilangan.
Xususan, mehmonxonalar uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalariga 0,1 koeffitsient qo‘llash muddati 2030 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, mazkur imtiyoz 2027 yil 1 yanvarda yakunlanishi kerak edi.
Shuningdek, mehmonxona, restoran, kafe va barlar tomonidan xarid qilingan suv, salqin ichimliklar, pivo hamda tamaki mahsulotlarining markirovka kodlari yakuniy iste’molchiga sotilgan deb hisoblanadi.
Yana bir muhim o‘zgarish — QQSning bir qismini qaytarish, soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tadbirkorning barqarorlik reytingiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Avval korxonaning reytingi o‘zgarishi unga qo‘llaniladigan imtiyozlarga ham ta’sir qilishi mumkin edi. Endilikda bu tartib bekor qilinadi.