Maʼlum qilinishicha, dastlab oʻqituvchiga nisbatan jinoyiy ish qoʻzgʻatilgan, keyinchalik esa u tugatilgan. Rasmiy tekshiruv xulosasiga koʻra, oʻqituvchi dars jarayoni va oʻz shaʼnini himoya qilish doirasida harakat qilgan.

Tekshiruvda voqea dars paytida sodir boʻlgani, ayrim oʻquvchilar oʻqituvchining talablariga amal qilmagani, dars jarayoniga xalaqit bergani hamda hurmatsiz munosabatda boʻlgani qayd etilgan.

Shuningdek, farzand tarbiyasida masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan ota-onalarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishi mumkinligi bildirildi. Oʻquvchilarning maktabdagi xulqi va oʻqituvchilarga munosabati ham oʻrganilgan.

Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Rustam Joʻrayev oʻqituvchilar davlat himoyasida ekanini taʼkidladi.

Toshkent shahar IIBB boshligʻi Ravshan Sultanhodjayev esa oʻqituvchilarga nisbatan haqorat yoki tajovuz holatlari javobsiz qolmasligini bildirdi.