Aslida, axborot tayyorlovçi va tarqatuvçida gap köp. Şu örinda bir misol: törtta taşkilot hamkorligida ötkazilgan tadbirni har bir idora öz korxonasi manfaati nuqtai nazaridan yoritadi. Endi xorijda bölib ötayotgan muhim jarayonlar haqidagi axborotni ikkinçi yoki uçinçi manba orqali olişni öylab köring. Ular axborot mazmunini sezdirmasdan biroz özgartirib, öz qaraşlariga moslab taqdim etişi ham mumkin. Ammo buni hamişa ham anglaş qiyin. Qolaversa, har doim ham xabarni tekşirişga vaqt va hafsala bölmaydi.

Xalqaro mediamakonda raqobat kuçaygan hozirgi kunda dunyodagi OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan axborotlarda qanday ğoya va maqsadlar yaşirin ekanini töliq payqaş muşkul. Tarmoqlarga joylaştirilayotgan axborotlar bir qaraşda işonçli körinadi — voqea joyidan, muayyan manfaatdan kelib çiqqan holda, öta ustakorlik bilan olingan rasm va videolar, intervyular eʼlon qilinadi. Keyingi paytlarda bu borada sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş ham kengayib bormoqda. Bu esa xalqaro mediamakondagi materiallarda ğarazli maqsadlar yölida soxtakorlik köpayişi ehtimoli mavjudligini bildiradi.

Şunday ekan, ayni holat jurnalist va blogerlar, ijodkorlarimizning öta huşyor va ogoh bölişi lozimligini, sohaga oid zamonaviy bilimlarni puxta egallab borişi zarurligini körsatadi. Zero, davlatimiz rahbari bejizga ikki yil avval milliy kontent yaratiş va axborot xavfsizligi masalasiga alohida eʼtibor qaratmadi.

Luğatlarda “milliy” söziga “xalqona, millatga tegişli, biror mamlakat, davlat va uning aholisiga oid, biror millat, xalqning öziga xos bölgan, uning xususiyatlarini ifodalovçi” deb, “kontent” söziga esa “öz-özini ifoda etiş, tarqatiş, naşr etiş uçun nutq, yozuv yoki turli xil sanʼat turlari kabi biror vosita orqali ifodalanişi kerak bölgan axborot vositasi”, deya izoh beriladi. Bundan milliy kontent tuşunçasi qamrovining kengligi anglaşiladi.

Avvalo, milliy kontent deganda, milliy manfaatlarimizni nazarda tutgan holda yurtimiz va dunyoda bölayotgan voqea-hodisalar haqida tayyorlangan xolis va haqqoniy materiallarni tuşunamiz.

Mamlakatimizda yurtdoşlarimiz maʼnaviyatini yuksaltiriş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ilm-fan, madaniyat, sanʼat, iqtisodiyot, tadbirkorlik, sport, qöyingki, barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlar samarasi haqidagi har jihatdan pişiq-puxta, sifatli media mahsulotlar ham milliy kontentni boyitişga xizmat qiladi, deb öylayman.

Yurtimiz tarixi va öziga xos jihatlari, geografiyasi, milliy davlatçiligimiz, jadid bobolarimiz, uluğ sarkardalarimiz, ajdodlarimiz hamda ijodkorlarimiz hayoti va faoliyati, milliy mentalitetimiz, yurtimiz tabiati, milliy manfaatlarimiz, özbek tili, urf-odat va anʼanalarimiz haqida tayyorlanadigan ijodiy işlar ham milliy kontent sirasiga kiradi.

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi tomonidan qabul qilingan, ayni kunda takomillaştirilayotgan Özbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksining oltinçi bölimida “Jurnalist qanday mavzuga qöl urmasin, milliy öziga xoslik, milliy maʼnaviyat va axloqiy qadriyatlarga, şu bilan birga, boşqa millat va elatlarning urf-odat hamda madaniyatiga nisbatan hurmat saqlaydi. Materialni tarqatişda adabiy til qoidalariga amal qiladi. Jurnalist mamlakatning axborot makonidagi nufuzi va jahon axborot maydonidagi imijiga putur yetkazmaslikka intiladi”, deyilgan. Ayonki, jurnalistik material — milliy kontent tayyorlaşning ham öz masʼuliyati bor. Qolaversa, ommaga keng tarqatiladigan kontent işonçli, xolis va adolatli, maʼno-mazmunli, öquvçi uçun qiziqarli bölişi kerak. Bunday materiallar tayyorlaş uçun esa muallif yetarliça bilim, malaka va mahoratga ega bölişi lozim.

Joylarda faoliyat olib borayotgan “Yoş jurnalistlar” tögaraklari, media soha vakillarining malaka oşiriş kurslari, joriy yildan Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazi tomonidan mamlakatimiz böylab har yili ötkaziş yölga qöyilgan “Media haftalik”lar, taşkil etilayotgan ustoz jurnalistlarning mahorat maktablari faoliyatini jonlantirilişi bu borada öz samaralarini berişi şubhasiz.

X. Salimov,

Yuz.uz muxbiri