Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Namangan — Dehli» yo‘nalishida uchishga tayyorlanayotgan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi 5 nafar fuqaro maxsus tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Tekshiruv jarayonida ular o‘z ichki a’zolaridan «jonli konteyner» sifatida foydalangan holda qimmatbaho metalllarni yashirincha xorijga olib chiqishga uringani fosh etilgan.

Ulardan jami 555 gramm quyma oltin bo‘laklari va 200 gramm zeb-ziynat buyumlari aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qimmatbaho metallarning umumiy taxminiy qiymati 1,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.