Xususan, Xo‘jaobod tumanidagi "Yangi hayot" mahallasi hududida harakatlanayotgan oq rangli “Cobalt” rusumli avtomobil to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida haydovchi eshigining cho‘ntak qismida oq matoga o‘ralgan, giyohvandlik vositasiga o‘xshash jigarrang modda borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur modda 149,47 gramm "gashish" ekanligi tasdiqlandi.

Bo‘ston tumanidagi 44-sonli YPX maskanida harakatlanayotgan yana bir oq rangli “Cobalt” rusumli avtomobil ham to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomobil tom qismiga o‘rnatilgan “TAKSI” yozuvli fonar ichiga yashirilgan giyohvandlik vositasiga o‘xshash jigarrang modda topildi.

O‘tkazilgan ekspertiza mazkur modda 210,92 gramm og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligini tasdiqladi.

Ikki holatda qonunbuzarlardan olib qo‘yilgan giyohvandlik vositasining umumiy og‘irligi 360,39 grammni tashkil qildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.