Mazkur taklif BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan o‘tkazilgan 2026-yilgi Jahon oziq-ovqat forumida taqdim etildi. Bu haqda Kaliforniya universiteti huzuridagi AMENA Center platformasida 17-oktabr kuni ma’lum qilindi.
Tashabbus qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, sog‘lom ovqatlanish, investitsiya va logistika sohalarini yagona mintaqaviy oziq-ovqat tizimiga birlashtirishni nazarda tutadi. Maqsad — Markaziy Osiyo davlatlarining imkoniyatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish, mahsulot yetishtirishdan tortib uni saqlash, qayta ishlash va bozorlarga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlar samaradorligini oshirish.
Taklif "7D" deb nomlangan yettita tamoyilga asoslangan. Ular ishonchli ma’lumotlarga tayanish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, tizimli rejalashtirish, amaliy yechimlarni joriy etish, intizom, barqarorlik va inson qadr-qimmatini ustuvor qo‘yishni qamrab oladi.
Shuningdek, mintaqaviy oziq-ovqat ma’lumotlari markazini tashkil etish, olimlar va fermerlar hamkorligida innovatsion texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish maydonchalarini yo‘lga qo‘yish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish va saqlash tizimini takomillashtirish taklif etilgan.
Mazkur tashabbus Markaziy Osiyo mamlakatlarining oziq-ovqat ta’minoti barqarorligini oshirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish va mintaqaning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini kuchaytirishga qaratilgan. Takliflar kelgusida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoni yagona oziq-ovqat tizimiga birlashtirishni taklif etdi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Markaziy Osiyo mamlakatlarining agrar salohiyatini birlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbusni ilgari surdi.
So‘nggi 9 oyda Reimbursatsiya dasturi doirasida bemorlarga qancha dori vositalari bepul berildi?
- Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari: test sinovlari natijalari e’lon qilindi
- Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan ayiq va uchta yovvoyi choʻchqa noqonuniy ovlandi
- “Milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolanadi” — Marko Rubio
- 1650 metr balandilikdagi maktab
- Keniyada Ebola virusini yuqtirganlar soni yetti nafarga yetdi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
- Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi
- Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi