Oʻzbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshdi.

Sanoat, energetika, metallurgiya, transport, kimyo sanoati va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.

Tovar ayirboshlashdagi joriy surʼatlarni saqlab qolish, kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish hamda hududlar darajasidagi faol aloqalarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shu kunlarda Mariinskiy teatrida Georg Fridrix Gendelning “Tamerlano” operasining premyerasi boʻlib oʻtgani hamda “Ermitaj” davlat muzeyida Oʻzbekiston amaliy sanʼati koʻrgazmasi ochilgani qayd etildi.

Yetakchilar boʻlajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.