Uchrashuv avvalida Mixail Mishustin davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston – Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Tovar ayirboshlash barqaror oʻsib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan buyon uning hajmi 20 foizga oshdi. Energetika, metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish surʼatini saqlab qolishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish hamda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston yetakchisi hududlar darajasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda madaniy va taʼlim almashinuvi dasturlarini ilgari surish muhimligini taʼkidladi.