Uchrashuvda mamlakatimizda ilk integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini barpo etish loyihasini amalga oshirish hamda ilgʻor texnologiyalar va bilimlar asosida tegishli infratuzilmani rivojlantirish masalalari diqqat markazida boʻldi.
Birinchi reaktor binosi poydevorini qurish hamda atom elektr stansiyasini loyihalashtirish ishlari izchil davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sohada malakali kadrlarni tayyorlash, bunda, jumladan, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkentdagi filiali hamda “Rosatom” kompaniyasi obyektlaridagi imkoniyatlardan foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, boʻlajak AES yaqinida energiya tejamkor uy-joylar, zamonaviy taʼlim, tibbiyot va sport muassasalari hamda aholi uchun qulay ijtimoiy infratuzilmaga ega atomchilar shaharchasini barpo etish borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.