Davlat xizmatini raqamlashtirish bugungi kundagi eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Ko’plab dunyo davlatlari elektron hukumatga o’tgan bir vaqtda O’zbekiston ham zamon talabidan ortda qolmadi. Bunga  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali- my.gov.uz, OneID tizimni misol qilib keltirishimiz mumkin. Dunyo statistikasiga qaraydigan bo’lsak, quyidagilar dunyo bo’yicha raqamli hukumat jadal rivojlangan top-3 davlatlardir. Daniya- elektron hukumat rivojlantirish indeksi 0.9847, 2-o’rinda Estoniya- elektron hukumat rivojlantirish indeksi 0.9727 ni tashkil qiladi, 3-o’rinda esa Singapur- elektron hukumat rivojlantirish indeksi 0.9691.[1] Avallari fuqarolar o’zlarini qiynagan muammoni hal qilish maqsadida turli xil davlat organlariga borishlari hamda turli xil qog’ozbozliklarga duch kelgan bo’lsalar elektron hukumat tushunchasi shu kabi muammolarga yechim bo’ldi. Albatta, barcha muammolarni elektron hukumat yoki shu kabi mobil ilovalar orqali hal qilishning iloji bo’lmasligi mumkun. Ammo, bu fuqaro va davlat organlarini bog’lashga yordam berdi deb aytolamiz.  Fuqarolar o’zlari istagan vaqtda o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlarini onlayn topishlari  hattoki onlayn murojaat qilishlari ham mumkin. Raqamli davlat boshqaruvi nafaqat fuqaro hamda davlat o’rtasidagi aloqani ta’minlaydi balki davlat o’rganlarining ham o’zaro aloqasiga ko’maklashadi. Misol uchun, ikkita davlat organi bir biri bilan ma’lumot almashishi mumkin. Ya’ni fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanayotganda o’zlarining ma’lumotlarini qayta-qayta kiritishlariga hojat qolmaydi. Bunga asos qilib, “Elektron hukumat to’g’risida” gi qonunning 8-moddasini “Bir darcha” prinsipini keltirishimiz mumkin. Unga kora, davlat organlari bir-biridan ma’lumotlarni ariza beruvchi ishtrokisiz “Bir darcha” prinsipiga asoslanib bajarishi mumkin. Bu esa fuqarolarga hamda davlat organlariga qulaylik yaratadi.

Barcha sohalarda muammolar bo’lganidek raqamli hukumatda ham bunga guvoh bo’lishimiz mumkin.

Birinchi va dolzarb muammolardan biri bu barcha fuqarolarning raqamli savodxonligi bir xil emasligi. Barcha internetga ulanish imkoniyatiga ega emas. Chekka hududa istiqomat qiluvchi fuqarolar bu muammo bilan juda kop marotaba yuzlashishadi. Bu bilan bir qatorda yoshi katta yoki yetarlicha raqamli savodxonlikga ega bo’lmagan insonlar elektron hukumatdan foydalanishda bir qancha muammolarga duch kelishlari mumkin. Agar davlat xizmatidan foydalanishni to’laqonli raqamli shaklga o’tkaziladigan bo’lsa bu ularning murojaat qilish huquqini cheklanishiga olib keladi.

Ikkinchi muammo- shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasi. Fuqarolarning ID ma’lumotlari, yashash joyi, oilasi, mulki haqidagi barcha ma’lumotlar shaxsiy ma’lumotlar sirasiga kiradi. Elektron hukumatning asosiy qismini esa fuqarolarning ma’lumotlari tashkil qiladi. Ammo, bu ma’lumotlar yetarlich himoyalanganmi? 2026-yil yanvar oyida fuqarolarning ma’lumotlariga ommaviy tarzda kiberhujum uyishtirilishi hamda buning oqibatida fuqarolarning ma’lumotlari ( ism-sharifi, tug’ilgan sanasi, telefon raqami, yashash manzili) tarqalib ketishi ma’lumotlarning yetarlicha himoyalanmaganligining isbotidir.

Uchinchi muammo esa avtomatlashtirilgan ya’ni tizim tomonidan qabul qilingan qarorlardir. Elektron hukumatning rivojlanishi ko’plab xizmatlarni inson ishtrokisiz amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. Ammo, bu fuqarolar hamda davlat organi uchun foydalimi yoki zararli? Albatta, xizmatlarni tizimning o’zi ko’rsatishi davlat organlarining ishini yengilatadi, xizmat avtomatlashtirilganligi tufayli  fuqarolar ham o’z savollariga javobni tezroq olishlari mumkin. Lekin, bu barcha uchun birdak foydali deb ayta olmaymiz. Shu tufayli, bu jarayon tizim hech qachon xato qilmasligini anglatmaydi. Agar tizim ikki fuqaroning ma’lumotlarini adashtirib yuborsa va noto’g’ri qaror qabul qilsa bu o’z-o’zidan muammo yaratadi.

Elektron hukumat sohasini tartibga solish uchun bir qancha qonunchilik hujjatlari mavjud. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1va 2-moddalari, “Elektron hukumat to’g’risida”gi hamda “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida” gi Qonun bunga misol bo’ladi.

Birlashgan Millatlar Tahkilotining bosh assembleyasi tomonida 2015-yil 25-sentabrda qabul qilingan 70/1 rezolyutsiyasi. Asosiy mavzusi “Barqaror rivojlanish sohasidagi 2030-yilgacha bo’lgan davr kun tartibi” bo’lgan. Bu rezolyutsiyani elektron hukumat joriy qilishda muhim qadamlardan biri deb atash mumkin.  Maqsadlaridan biri esa fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtrokini kuchaytirish bo’lgan. Bu qonun elektron hukumatning barcha texnik talablarini belgilab bergan.

Mening fikrimcha, elektron hukumat bizga yaqinda kirib kelgan tizim bo’lganligi uchun ham u hali biz kutgan darajada rivojlanib ulgurgani yo’q. Shu tufayli, uning muammolarga duch kelishi tabiiy. Biroq, hozirda insonlarga foydasi tegayotgan ularni mushkulini yengilatayotgan tizim ekanligi ham unitmasligimiz darkor. Biz elektron hukumat tizimida yuzaga kelayotgan muammolardan to’g’ri xulosa chiqarish orqali o’z kamchiliklarimizni tuzatishimiz hamda uni yanada rivojlantirishimiz mukin. Faqatgina kamchilikni ta’kidlayverishimiz muammoni hal qilish uchun yechim bo’lmaydi.

Avvalo, fuqarolarning huquqiy ongi hamda savodxonligini oshirish darkor. Eng cheka hududlarda ko’plab tushuntirish ishlarini olib borish, internet tarmoqiga ulanishdagi muammolarni hal qilish eng katta yechimlardan biri hisoblanadi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan shuni anglash mumkinki, elektron hukumat- davlat xizmatlarini oddiy internetdagi ifodasi deb qarash noto’g’ri. U fuqarolar hamda davlatni bog’lovchi shu bilan birga axborot almashinuvini yaxshilovchi tizimdir. Elektron hukumat o’zi bilan bir qancha qulayliklar taqdim etadi. Shu bilan birga, tizim ko’plab narmativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Barcha sohalarda kamchilik bo’lganidek bu tizimda ham kamchiliklarga guvoh bo’lishimiz mumkin. Asosiysi ularga oqilona yechim topa olish hamda tizimni yanada rivojlantirishdir. Darhaqiqat, raqamlashtirishning asosiy mezoni texnologiyaning o’zi emas, inson huquqlari bo’lishi kerak. Davlat xizmati elektron shakilga o’tishi fuqarolarning huquqlarini kamaytirmasligi aksincha ularni mustahkamlashi, noqonuniy qaror ustidan shikoyat qila olishi hamda shaffoflik saqlanishi lozim.

                                                                          Razzoqova Robiya,
   Toshkent davlat yuridik universiteti
                                                                   Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs talabasi