Bu haqda Migratsiya agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum qilinişiça, Xorvatiya tomoni tomonidan ötkazilgan tekşiruvlarda viza oliş uçun taqdim etilgan mehnat şartnomalarining haqiqiy emasligi aniqlangan. Oqibatda barça arizalar rad etilgan.
Bunday holatlar jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. Vakolatli organlar alohida qaror qabul qilgan taqdirda, fuqarolarga nafaqat Xorvatiyaga, balki Şengen hududiga ham bir neça yil davomida kiriş taqiqlanişi ehtimoli bor.
Ogohlantirişda taʼkidlanişiça, bunday firibgarlik holatlari köpinça Telegram, Instagram va WhatsApp orqali yuboriladigan takliflardan boşlanadi.
Fuqarolarga xorijda tayyor iş örni taklif qilinib, jozibali vaʼdalar beriladi. Ayrim hollarda esa kasb va xorijiy tilni biliş talab etilmasligi, işga joylaşiş osonligi aytilmoqda.
Şuningdek, konsalting kompaniyasi orqali xorijga işga ketmoqçi bölgan fuqarolarga ham şartnoma şartlarini diqqat bilan örganiş tavsiya etilmoqda.
Jumladan, kompaniya bilan tuziladigan şartnomada aynan qanday xizmatlar körsatilişi belgilangan bölişi kerak. Agar hujjatda faqat viza rasmiylaştirişga kömaklaşiş nazarda tutilgan bölsa, bu kompaniya iş topib beriş majburiyatini olganini anglatmaydi. Işga joylaştiriş böyiça oğzaki vaʼdalar esa şartnomada aks etmagan bölsa, ularni isbotlaş qiyin.
Xorijiy davlatda qonuniy işlaş uçun tegişli ruxsatnoma va işçi viza talab etiladi. Vizaning har qanday turi ham mehnat faoliyati bilan şuğullaniş huquqini bermaydi.
Iş joyi, maoş miqdori va mehnat şaroitlari iş beruvçi bilan tuzilgan şartnomada aniq körsatilişi lozim.
Şuningdek, konsalting kompaniyalari xorijda işga joylaştiriş faoliyatini taşkil etiş huquqiga ega emas. Bu bilan xorijga işga jönatişni taşkil etiş böyiça maxsus litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari şuğullanadi.
Xususiy bandlik agentliklariga ham nomzodlarning hujjatlarini viza uçun topşirişdan oldin iş beruvçi bilan uning rasmiy aloqa kanallari orqali boğlaniş va şartnomaning haqiqiyligini tasdiqlaş tavsiya etilmoqda.
Xorijiy iş beruvçining şartnomasi haqiqiy yoki soxta ekanini aniqlaş uçun ham imkoniyat mavjud.
Migratsiya agentligi va ISMPD hamkorligida taşkil etilgan Migratsiya resurs markazi fuqarolarning mehnat şartnomalarini tekşirib beriş hamda xavfsiz va qonuniy mehnat migratsiyasi böyiça yöl-yöriq körsatiş xizmatini taklif etmoqda.
Şu bois fuqarolarga xorijga işga ketiş uçun biror taşkilotga pul tölaşdan oldin hujjatlarning haqiqiyligiga işonç hosil qiliş, ekranda körsatilgan telefon raqamlari orqali boğlanib, şartnomani bepul tekşirtiriş tavsiya etilmoqda.
Xorijda işlaş muhim qaror. Uni qabul qilişdan oldin iş beruvçining kimligi, iş joyi va mehnat şartlarini aniq biliş, eng avvalo, öz huquqlaringizni himoya qilişga xizmat qiladi.