O‘zining yuksak intellektual salohiyati, professional mahorati hamda zamonaviy muhandislik sohasidagi chuqur bilim va malakasini yaqqol namoyon etib, Koreya Respublikasining Inchxon shahrida o‘tkazilgan “FIRST Global Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasida dunyoning 190 ga yaqin mamlakatidan kelgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida rekord natijaga erishib, tom ma’noda tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritgani va jahon chempioni degan ulkan sharafli nomga sazovor bo‘lgani, shu tariqa Yangi O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, yosh avlodni ilm-fan, ilg‘or texnologiyalar, ixtiro va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur tuyg‘ularini kamol toptirish borasida alohida namuna ko‘rsatib kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Bo‘taxonov Ziyodulla Zoyirjon o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Salomov Ibroxim Uktamovich - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori

Abdujabborov Abdullox Abdug‘ofur o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi texnik murabbiysi

Akbarov Shoxruxbek A’zamjon o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Kosimov Akbarshox Anvar o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Miraxmedov Ayubxon Anvar o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Pardayev Umarbek Sherzod o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Sodiqov Shukrullo Sherali o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Teshabayev Maxkambek - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Teshabayeva Safina - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi menejeri

Tojiqo‘ziyev Jasurbek Rustamjon o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Urmanov Baxodir Doniyorovich - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Urmanov Xondamir Doniyorovich - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Yusupxo‘jayev Hasanxon Alisher o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi menejeri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev