Bu dargohning avvalgi ahvolini ham, qayta qad rostlaganini ham kördik. Şu yerda işladik, filmlar haqida öyladik, hamkasblarimiz bilan ertangi kundan umid qildik. Şu bois, Prezidentimizning milliy kinoga eʼtibori haqida gapirar ekanman, avvalo, öz hayotimda, jamoamiz faoliyatida keçgan özgarişlarni yodga oliş mantiqan töğri bölsa kerak.

Joriy yil 26-oktyabr kuni davlatimiz rahbarining kino sohasi vakillari bilan uçraşuvi ana şu xotiralarni yana jonlantirdi.

Muloqotda kinoning yutuqlari ham, kamçiliklari ham oçiq aytildi. Menga, ayniqsa, sohamizning içki muammolarigaça eʼtibor qaratilgani qattiq taʼsir qildi. Prezidentimiz kinoni yaxşi körişini köp bora his qilganman. Bu gal esa uning zamirida sanʼatimizning taqdiriga daxldorlik, ijodkorning mehnatini tuşuniş va undan munosib natija kutiş borligini yana bir karra angladim.

Yaxşi umid va katta rejalar bilan 2006-yil aprelda “Ramz-film” kinostudiya­sini taşkil etganmiz. Öşa vaqtdan buyon “Özbekfilm” binosida ijara asosida faoliyat yuritamiz. Demak, bu dargohdagi yigirma yillik hayot köz öngimizda keçdi. 2016-yilning oxiri — 2017-yil boşlaridagi ahvolni eslaş oson emas. Özbek kinosining qança ustalari izi qolgan, xalqimiz sevgan asarlar dunyoga kelgan maskan ança ayançli holga tuşib qolgandi. Oçiğini aytaman: baʼzan xorijlik hamkasblarimizni bu yerga olib kelişga xijolat tortardik. Ularga kino maktabimiz haqida faxr bilan gapiramiz-u, uning uyini körsatişga kelganda tilimiz qisilardi. Hatto özimizning tanişlar bilan ham uçraşuvlarni boşqa joylarda belgilaşga töğri kelardi.

2016-yili “Özbektelefilm”da ­“Saodat” serialini suratga olgan kezlarimiz ham yodimda. Mediamarkazdagi iş şaroitiga havas bilan qarardim. ­“Özbekfilm”da ham şunday imkoniyatlar bölsa, qanday yaxşi bölardi deb öylardik. Biz uçun bu havasning zamirida oddiy istak — öz kasbimizga munosib joyda işlaş, butun kuçimizni ijodga sarflaş orzusi bor edi.

Davlatimiz rahbari 2016-yili Prezident etib saylanganidan keyin kino sohasiga eʼtibor yaqqol körina boşladi. 2017-yildan “Özbekfilm”da quriliş-taʼmirlaş işlari boşlangani, keyinçalik studiyaning qiyofasi özgarganini bevosita kuzatdik. Binolar kapital taʼmirlandi, yangi inşootlar va zamonaviy kinopa­vilyonlar evaziga işlab çiqariş imkoniyati kengaydi. Keçagina havas qilgan şaroitimiz öz iş joyimizda paydo bölayotganidan çin dildan quvondik. Taʼmirdan çiqqan xonalarga kirganda odamning işlagisi, yangi filmga qöl urgisi kelardi. Ijodkor uçun bunday ruhiy kötarinkilikning ham öz örni bor.

Bu yangilanişning huquqiy asoslari ham izçillik kasb etgan edi. Davlatimiz rahbari 2017-yil 7-avgust kuni “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni, 2021-yil 7-aprelda esa “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqiçga olib çiqiş, sohani davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmonni imzoladi. Ana şu ikki hujjat sohadagi özgarişlarga keng yöl oçib yubordi. Kino işlaş, texnik imkoniyatlar, kadrlar tayyorlaş va ijodni rağbatlantiriş masalalariga bir-biriga boğliq masala sifatida qarala boşlandi.

Keçagi uçraşuvda keltirilgan raqamlarning özi ham eʼtibor kölamini körsatib turibdi: 2016-yilda filmlar oliş uçun davlat byudjetidan 10 milliard söm ajratilgan bölsa, 2026-yilda bu mablağ 218 milliard sömga yetdi. Sönggi ön yilda sohani qöllab-quvvatlaşga doir ikkita farmon va sakkizta qaror qabul qilingani qayd etildi. Men rejissyor sifatida bu raqamlar ortida suratga oliş kunlari, tayyorlangan dekoratsiyalar, iş bilan band bölgan ijodiy guruhlarni köraman. Axir har bir film önlab kasb egalarining mehnati bilan işlanadi.

Biz uzoq yillar ana şu kasb egalarini yöqotib borayotgan edik. Operator, sahnalaştiruvçi rassom, pardozçi rassom, liboslar böyiça rassom, dekorator, rekvizitor — ularning har biri kinoning zarur ustuni. Tajribali mutaxassis sohadan ketsa, uning örnini bir kunda töldirib bölmaydi. U bilan birga yillar davomida şakllangan did, sinçkovlik, iş usuli ham ketadi. Ayniqsa, tarixiy filmda bitta libosning biçimi yoki bir buyumning körinişi butun sahnaning işonarliligiga taʼsir qiladi.

Işlar köpayib, şaroit yaxşilangani sari tajribali hamkasblarimiz yana suratga oliş maydonlariga qayta boşladi. Ularning yonida yoş, izlanuvçan, yangi texnologiyalarga qiziqadigan mutaxassislarni kaşf etdik. Ustozning tajribasi bilan yoşning ğayrati uçraşgan joyda ijodiy muhit paydo böladi. Albatta, kadr­lar masalasi töla hal böldi deb ayta olmaymiz. Lekin avlodlar örtasidagi boğliqlikni tiklaş uçun imkoniyat kengayganini öz işimizda köryapmiz.

Kino xodimlari mehnatini moddiy rağbatlantiriş, iş haqi va gonorar kabi muhim masalalarga eʼtibor kuçaygani ham bor gap. Masalan, 2021-yil 7-apreldagi farmon bilan Milliy kinofond xodimlariga oylik iş haqi fondining 50 foizi miqdorida ustama belgilangan, filmlarning ijodiy va texnik xodimlari gonorarini şartnomalar asosida mustaqil belgilaş imkoni berilgan edi. Mutaxassis mehnati qadrlanayotganini his qilsa, şu kasbda qolişga, uni yoşlarga örgatişga intiladi. Bu masalaning kino kelajagiga daxldor jihati ham şunda.

Şu yil iyunda qabul qilingan yana bir hujjat haqida alohida töxtalib ötişni istardim. Gap Prezidentimizning 2026-yil 2-iyundagi “Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini yanada rivojlantiriş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni haqida ketyapti. Unda joriy yil 1-sentyabrdan 2036-yil 1-yanvargaça asosiy faoliyati kinematografiya bölgan subyektlarni qöşilgan qiymat, foyda, aylanmadan olinadigan, yer va mol-mulk soliqlaridan, ularda işlovçi xodimlarni esa jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan ozod etiş nazarda tutilgan. Xususiy kinostudiya rahbari sifatida bunday qöllab-quvvatlovning ahamiyatini yaxşi bilaman. Tejaladigan mablağ texnika, tayyorgarlik, mutaxassis mehnatiga yönaltirilişi mumkin. Bu ijodiy rejalarni kengroq öylaşga asos beradi.

Bunday qarorlardan keyin “Prezidentimiz kino sanʼatini naqadar yaxşi köradi” degan fikr beixtiyor xayolimdan ötadi. Çunki kinoning iqtisodiy jihatini tuşuniş ham unga mehrning bir ifodasi. Yaxşi ğoya ekranga yetib borişi uçun isteʼdod bilan birga vaqt, mablağ va işonç kerak. Biz ana şu işonçni his qilayotganimizdan mamnunmiz.

Sönggi yillarda milliy kinoda tarixiy xotiraga murojaat kuçaydi. “Islom­xöja”, “Termiziy”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Said bilan Saida”, “Muhabbat bahori”, “Qöqon şamoli”, “Berlin — Oqqörğon”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, ­“Abdulla Oripov”, “Özbek qizi”, “Bahodir Yalangtöş”, “Maxtumquli Firoğiy”, ­“Özbek arsloni” kabi filmlar yaratildi. Bu asarlar orqali tariximizning turli davrlari, maʼrifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning sinovli yillardagi matonati ekranda öz ifodasini topdi. Har birining badiiy yeçimi haqida soatlab munozara yuritiş mumkin. Muhimi, milliy taqdirimizga daxldor katta mavzularga jiddiy kirişiş imkoni paydo böldi.

Prezidentimiz taşabbusi bilan işlab çiqilgan “Tirik tarix” dasturi bu yönalişdagi işlarni yanada kengaytirdi. 2024-yil 5-iyunda maxsus qaror bilan 2024-2027-yillarga möljallangan dastur tasdiqlandi. Uning doirasida 54 ta kinoloyihani amalga oşiriş belgilangan. “Bahodir Yalangtöş”, “Ajiniyoz”, “Maxtumquli Firoğiy”, “Uluğ Amir va Donna Mariya”, “Özbek arsloni” kabi kartinalarning tomoşabinga taqdim etilişi bu yöldagi amaliy natijalardir. Tarixiy film uçun bunday izçil dasturning ahamiyati katta: jiddiy tadqiqot, puxta ssenariy va murakkab tayyorgarlikni uzoqroq muddatga rejalaştiriş mumkin.

Meni mamnun etgan yana bir jihat şuki, “Ramz-film” jamoasi ham bu ijodiy jarayonga hissa qöşişga intilmoqda. Keyingi yillarda suratga olgan filmlarimiz orasida “Avloniy”, “Abdulla ­Oripov”, “Maxtumquli Firoğiy” biz uçun alohida qadrli. Ular turli davrlarda yaşagan, ammo xalqning maʼnaviy hayotida çuqur iz qoldirgan insonlar haqida. Bu şaxslarning hayotiga kirib borganingiz sari zimmangizdagi masʼuliyatni kuçliroq his qilasiz.

2019-yili işlangan “Avloniy” filmida maʼrifatparvar bobomizning qaraşlari, xalq kelajagi uçun qayğurişi, Afğoniston safari bilan boğliq voqealarga murojaat qildik. Abdulla Avloniyning faoliyatini örganiş biz uçun ham saboq böldi: maʼrifat yölidagi mehnatning natijasi baʼzan inson umridan ham uzoqqa yetadi. Keyinçalik uşbu mavzuni serial şaklida davom ettirdik.

“Abdulla Oripov” filmida esa buyuk şoirning ijodiy olami, Vatanga muhabbati, inson va ijodkor sifatidagi keçinmalarini ekranda ifodalaşga intildik. Bunday qahramonni tomoşabinga yaqinlaştiriş uçun qalblarga yöl topiş kerak.

Özbekiston va Turkmaniston hamkorligida işlangan “Maxtumquli Firoğiy” kinoasari bizga yana bir muhim haqiqatni çuqurroq anglatdi: xalqlarning bir-birini tuşunişida sanʼatning imkoniyati beqiyos. Uluğ turkman şoirining maʼnaviy olami, el-yurt taqdiri haqidagi öylari özbek tomoşabini uçun ham qadrli. Qöşma ijodiy jarayon hamkasblar örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi, tajriba almaşişga yöl oçadi. Prezidentimiz qöllab-quvvatlayotgan madaniy hamkorlikning samarasini biz mana şunday işlarda his etamiz.

Bugun jamoamiz suratga olgan “Şiroq jasorati” filmi montaj ­bosqiçida. Bu asarda yurtni asraş, tanlangan yölga sodiq qoliş, Vatan oldidagi burç mavzulariga murojaat qildik. Qadimiy qahramon haqida film işlaşda uning jasorati bugungi tomoşabin qalbiga qanday yetib borişi haqida köp öyladik. Biz uçun Şiroqning tanlovi, içki kuçini işonarli körsatiş muhim. Tomoşabin uluğ jasorat ortida tirik insonning qalbi urib turganini his etsagina tarix unga yaqinlaşadi.

Tarixiy film ijodkordan alohida halollik talab qiladi. Libos va qurol-­yaroğni tiklaşning özi yetarli emas. Davrga xos fikrlaş tarzi, odamlar örtasidagi munosabatlar, qahramonning tanlovini anglaş lozim. Şuning uçun tarixçi, adabiyotşunos, rassom, ssenarist va rejissyorning hamkorligi juda zarur. Davlat berayotgan imkoniyat bizni bu talablarni yengillaştiriş emas, öz işimizga yanada jiddiy yondaşişga undaydi.

26-oktyabrdagi uçraşuvda Prezidentimiz aytgan tanqidiy fikrlarni ham ana şu maʼnoda qabul qildim. Tomoşabinning didi va talabi özgargani, milliy filmlarimiz bu talabga hamişa ham javob bera olmayotgani haqidagi gaplar har birimizga tegişli. Biz bugun turli mamlakatlarda suratga olingan kinoasarlarni körayotgan tomoşabin uçun işlayapmiz. Uning vaqti va işonçini qadrlaşimiz kerak. “Milliy film” degan jumlaning özi bilan odamlarni zalda uşlab turolmaymiz. Qahramonning taqdiri qiziqtirişi, voqea işontirişi, ekrandagi tuyğu tomoşabinga yuqişi lozim.

Men uçun uçraşuvdagi muhim masalalardan yana biri ssenariy va ijodiy jarayonga munosabat böldi. Film ustida işlayotganda yangi yeçimlar tuğiladi. Baʼzan aktyor topgan bir holat butun sahnaning mazmunini teranlaştiradi. Şunday jarayonni faqat oldindan tuzilgan texnik qolip bilan ölçaş qiyin. Davlat buyurtmasi amaliyotidan subsidiya asosida qöllab-quvvatlaş tizimiga ötiş, davlatning ijodkor va xususiy sektorga hamkor bölişi haqida bildirilgan yondaşuvni şu jihatdan muhim deb bilaman. Ijodiy erkinlik bilan birga mablağ va natija oldidagi masʼuliyat ham aniq bölişi kerak.

“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi loyihalarni tanlaş, moliyalaştiriş, tarğib qiliş va tarqatiş bilan şuğullanişi, film yaratiş esa xususiy sektorga ötişi belgilangani bizga bevosita daxldor. Yigirma yildan buyon xususiy studiya­ni boşqarib kelayotgan inson sifatida isteʼdod va yaxşi loyiha uçun teng imkoniyat bölişini juda muhim deb bilaman. Tanlovning şaffofligi, ssenariyning puxta baholanişi, ijodiy jamoaning salohiyatiga xolis qaralişi bu tizimning natijasini belgilaydi.

Filmning tomoşabinga yetib borişi ham alohida mehnat. Suratga oliş jarayoni tugagani bilan kinoning taqdiri hal bölib qolmaydi. Namoyiş, tarğibot, kinoteatrlar bilan hamkorlik va xalqaro bozorga çiqiş işlari professional taşkil etilsa, ijodkor öz asarining hayo­tini köradi. Uçraşuvda aynan şu masalalar kötarilgani quvonarli. Xolis kinotanqidçilikka eʼtibor ham zarur: yaxşi tahlil baʼzan özimiz sezmagan nuqsonni körsatadi. Uni eşitişga tayyor bölişimiz kerak.

Mamlakatimiz yetakçisi “Öz” ğoyasining kino sanʼatidagi ifodasini “Özligimizni anglab, öz hikoyamizni öz ovozimiz bilan dunyoga aytiş”, deya taʼrifladi. Ekranda uluğ ajdodlarimiz bilan birga bugun yonimizda yaşayotgan insonlarning ham haqqoniy qiyofasi aks etişi kerakligini aytdi. Öqituvçilar, şifokorlar, sportçilar, Vatan himoyaçilari, tadbirkorlar, quruvçilar va yoşlarning hayoti taʼsirli filmlar uçun katta mavzu ekani qayd etildi.

“Farzandlarimiz şunday qahramonlarda özini körsin, öz kuçiga işonsin, öz yurtining kelajagiga daxldorligini his etsin!” dedi davlatimiz rahbari. Masalaga bunday jonfidoyilik bilan yondaşuvda ufurib turgan Yangi Özbekiston nafasi, “özligimizni anglab, öz hikoyamizni öz ovozimiz bilan dunyoga aytiş” ğoyasi jarayonlarga özini daxldor bilgan qaysi ijodkorni tölqinlantirmaydi deysiz?!

Bu fikrlarni men dilimga yaqin oldim. Bugungi öqituvçi, şifokor, askar, tadbirkor, öz yölini izlayotgan yoşning hayotida qança dramatik voqea, qança içki kuraş bor. Ularni çuqur örganiş, samimiy tasvirlaş lozim. Kino qahramoni tomoşabinning yonida yaşayotgan insonga öxşasa, uning orzusi va taşvişi işonarli bölsa, filmdan keyin ham suhbat davom etadi. Sanʼatning taʼsiri köpinça ana şunday boşlanadi.

Uçraşuvda kino xodimlarining dam olişi va salomatligiga ham eʼtibor qaratildi. “Köhinur” sihatgohining ijodkorlar ixtiyoriga berilişi, har yili kamida 300 nafar soha xodimiga bepul soğlomlaştiriş yöllanmasi ajratilişi haqidagi taşabbuslar — mehnati köpinça kadr ortida qoladigan insonlarga ğamxörlikdir. Suratga oliş maydonidagi maşaqqatni bilgan odam bu eʼtiborning qadrini ham tuşunadi.

“Özbekfilm”ga kirib kelar ekanman, bir paytlar şu bino ham zamonaviy, obod bölsa deb, havas qilgan kunlarimni eslayman. Öşa orzularning amalga oşganini köriş — katta baxt. “Özbekfilm”ning 10 gektarli maydonida “Özbekfilm kino şaharçasi” barpo etilişi va unga 400 milliard söm ajratilganini kino sanʼati kelajagiga qöyilgan poydevor deb bilaman. Şaharçada endi amaliyotçi ijodkorlar va talabalarga maydon oçişimiz, ularni haqiqiy iş jarayoniga jalb etişimiz kerak. Kinoni kitobdan örganiş bilan birga suratga oliş maydonida uning masʼuliyatini his qiliş ham zarur. Endi bu maskanda yaratilayotgan filmlarni ham xalqimiz xuddi şunday mamnuniyat bilan qarşi olişi uçun işlaşimiz darkor.

Bugun Prezidentimizga milliy kinoga körsatayotgan mehri, sohamizga bergan imkoniyatlari va ijodkorga bildirayotgan işonçi uçun barça kinoijodkorlar jamoasi nomidan samimiy minnatdorlik bildirgim keldi. Bu minnatdorlikni har bir işimizda his etib turişimiz lozim. Zero, bizga bildirilgan işonçga eng munosib javob — xalqimizga inson qalbida qoladigan yaxşi filmlar taqdim etişdir.

Muzaffarxon ERKINOV,

Kinorejissyor