Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyin milliy terma jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. 41 yoshli hujumchining so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi. Avvalroq futbolchining singlisi Katya Aveyru hozirgi Jahon chempionati Ronaldoning Portugaliya terma jamoasidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. “Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, endi xayrlashish mumkin. Bugun emas, lekin menimcha, bu xayrlashish. Men milliy terma jamoa haqida gapiryapman. Men buni ishonchli manbaga asoslanib aytyapman: Jahon chempionati bu oxirgi raqs”, deb yozdi AS, uning singlisining so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda. “Men beparvo qarorlar qabul qilmayman. Men qarorimni turnirdan keyin qabul qilaman, hozir emas”, dedi Ronaldu. 3 iyul oqshomida Portugaliya Xorvatiyani mag‘lub etdi (2:1) va 1/8 finalga yo‘l oldi. Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushdi, gol urdi va Jahon chempionati pley-off tarixidagi eng keksa o‘yinchiga aylandi, deb xabar berdi rbc.ru.