Dunyoning eng kuchli 10 nafar grossmeysteri ishtirok etgan nufuzli turnirda Oʻzbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov himoya qildi.

Rapid va blis bahslari yakunlariga koʻra, oʻzbekistonlik shaxmatchi 23,5 ochko toʻplab, Fransiya vakili Alireza Firuzja bilan bir xil natija qayd etdi.

Gʻolibni aniqlash uchun oʻtkazilgan tay-breykning ikki partiyasi 1:1 hisobida yakunlandi. Armageddon bahsida esa omad fransuz grossmeysteri tomonida boʻldi.

Yakuniy natijalarga koʻra, birinchi oʻrinni Alireza Firuzja, ikkinchi oʻrinni Nodirbek Abdusattorov, uchinchi oʻrinni esa yana bir Fransiya vakili Maksim Vashye-Lagrav egalladi.

Hamyurtimiz musobaqani faxrli ikkinchi oʻrinda yakunlab, 42,5 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli sohibi boʻldi.