Endilikda yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq chiqarilgan qaror va xabarnomalar boʻyicha eʼtirozingizni ortiqcha ovoragarchiliksiz va hujjatlarsiz onlayn bildirishingiz mumkin boʻladi.

Qanday qilib deysizmi?

— my.gov.uz portaliga kirasiz (yoki mobil ilovani yuklab olasiz)

— “Yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq holatlar yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar yuzasidan murojaat yuborish” xizmatini topasiz;

— eʼtirozingizni asoslovchi maʼlumotlarni kiritib, yuborish tugmasini bosasiz.

Mazkur xizmat hozircha sinov tariqasida ishlamoqda, 1-sentyabrdan toʻliq yoʻlga qoʻyiladi.