Nurafşon şahriga safarimiz davomida bu yerda şu nomdagi telekanal uçun ajratilgan 1,3 gektar yer maydonida zamonaviy bino qad kötarganini kördik. Unda ijodiy va texnik xodimlar uçun keng imkoniyatlar muhayyo etilgan, jumladan, xodimlar uçun alohida xonalar, dekaratsiyasi özgaruvçan studiyalar, maʼmuriy obyektlar, turli yiğiliş va tadbirlarni ötkazişga möljallangan zal, oşxona mavjud.

Maʼlumot uçun, “Nurafşon TV” taşkil etilgandan beri Özbekiston milliy teleradiokompaniyasiga tegişli binoda vaqtinça tekin foydalaniş huquqi asosida iş olib bormoqda. Telekanal zarur bölgan birlamçi vositalar bilan jihozlanagan va ijodiy-texnik xodimlar işlaşi uçun qisman şaroit yaratilgan.

Yangi binoda quriliş, pardozlaş va jihozlaş işlari töliq nihoyasiga yetgaç, telekanal ijodiy jamosi şu yerda faoliyatini davom ettiradi. Demakki, asosiy körsatuvlar, jumladan, jonli efirlar, informatsion-tahliliy dasturlar yangi maskanda yozib olinadi va şu yerdan efirga uzatiladi. Şuningdek, “Toşkent viloyati teleradiokanali”ning efir dasturlarida radio eşittirişlar faoliyati yölga qöyiladi. Natijada yigirmadan ortiq yangi iş örinlari yaratiladi.

X. Salimov,

Yuz.uz muxbiri